B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet65/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

MIQDOR-DARAJA ERGASH GAP Bosh gapdan anglashilgan harakat-hodi­sa­ning miqdor-darajasini bildiruvchi ergash gap: Insonga havo nechogʻlik zarur boʻlsa, xalqqa tinchlik, o zodlik va baxt-saodat ham shunchalik zarurdir.
MIQDOR-DARAJA HOLI Ish-harakatning bajarilishidagi miqdor-dara­jani belgilovchi hol: Shakarni qopi bilan oldi. Bugun qurilishda odam kundagidan ikki-uch marta koʻp edi (A. Muxtor). Koʻp oʻyla, oz soʻzla (Maqol).
MIQDOR-DARAJA RAVISHI Ish-harakatnnng miqdor daraja jihati­dan belgi­sini, shuningdek, belgining darajasini bildiruvchi ravish: picha, niho­yatda, sal kabi: Siddiqjon picha oʻtirdi-yu, endi qaytib ketmoqchi boʻlib turganida, Usmonjon ke­lib qoldi. (A. Qahhor)
MIQDORIY URGʻU Tovush talaffuzining ortishiga (davomliligiga) asoslana­digan urgʻu. Miqdoriy urgʻuda choʻziqlik yetakchi boʻladi.
MODAL MA’NO Soʻzlovchining oʻzi ifodalayotgan fikrga munosaba­tini bildiradigan ma’no. Masalan, fikrning chin yoki gumonligi ma’nosi, afsuslanish, qoniqish, imkoniyat, mamnunlik kabi ma’nolar modal ma’no­lar hnsoblakadi. Modal ma’no turli til birliklari (masalan, soʻz, soʻz shakli) yordamida ifodalanadi.
MODAL SHAKL Soʻzning modal ma’no ifodalovchi shakli. Masalan, oʻzbek tilidagi otning kichraytish-erkalash shakllari.
MODAL SOʻZ Soʻzlovchining oʻzi ifodalayotgan fikrga turli munosa­ba­tini bildiruvchi, fikrning aniqligi, noaniqligi kabi ma’nolarni ifodalovchi eoʻz turkumi va shu turkumga oid soʻz: haqiqatan, albatta, chamasi, darvoqe kabilar: Al­batta, u o‘z yuragini hech kimga ocha olmagan. (Oybek) Xayriyat, eshik­ning kaliti burnida qolgan ekan. (S. Ahmad)
MODALLIK (fran. modalit lot. modiz – mayl) Soʻzlovchining ifodala­nayotgan fikrga munosabatini bildiruvchi grammatik-semantik kate­goriya. U orqali fikr mazmuni real yoki noreal, qat’iy va sh. k. tarzda tasavvur etilishi mumkin. Mo­dal­lik soʻz, qoʻshimcha, yuklama va ohang orqali ifodalanishi mumkin. Masalan, yoza olmoq (ol yordamida yasalgan shakl qodirlik ma’nosini bildiryapti), albatta keladi (albatta soʻzi qat’iy ishonch ifodalayapti), koʻrganov (-ov yuklamasi gumon bildiradi) va b.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling