MAVHUM OT Mavhum tushunchani ifodalovchi ot: yoshlik, burch, ko‘ngil, ong, vijdon, sevinch, baxt.
MAXSUS LEKSIKA Mehnat faoliyatining turli sohalariga oid narsa-hodisalarni nomlovchi soʻzlar. Termin va kasb-hunarga oid soʻzlar maxsus leksikaga kiradi.
MAXSUS LUGʻAT Ma’lum sohaga, ma’lum qatlamga oid soʻzlardan iborat boʻlgan lugʻat. Bunday lugʻatlarning nomida qay jihatdan chegaralanganlikni yoki qaysi qatlamga oidlikni koʻrsatuvchi soʻzlar boʻladi. Masalan, “Fizika terminlari lugʻati”, “Dialektologik lugʻat”, “Frazeologik lugʻat” va b.
MAYL KATEGORIYASI Harakatning voqelikka munosabatini soʻzlovchi nuqtayi nazaridan belgilaydigan grammatik kategoriya. O‘zbek tilida maylning quyidagi turlari bor: 1) buyruq-istak mayli; 2) shart mayli ; 3) xabar mayli.
MAZMUN JIHATI Muayyan lingvistik birlikning ma’no tomoni, ya’ni til (nutq) birligiping ichki (mazmun) tomoni (ifodalanuvchi).
MAZMUN PLANI – q. Mazmui jihati.
ME’YOR Til birliklarini u yoki bu koʻrinishida jamiyat tomonidan aniqlangan, belgilangan ishlatilish imkoniyat va qonuniyatlari. Q. Adabiy me’yor. Leksik me’yor. Morfologik me’yor. Sintaktik me’yor. Orfoepik me’yor. Fonetik me’yor. Soʻz yasalish me’yori.
METONIMIYA (yun. metonomia – qayta nomlash) Bir predmet, belgi, harakat nomini oʻzaro tashqi yoki ichki bogʻliqlik asosida boshqa predmet, belgi yoki harakatga nisbatan qoʻllash; shunday qoʻllash asosida bir predmet, harakat, belgi nominiyag boshqa predmet, harakat yoki belgiga koʻchishi. Metonimiya soʻzning yangi ma’nolari hosil boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Masalan, kulgi soʻzining “mazax”, “masxara” ma’nosi, choy so‘zining “ovqat” ma’nosi (Ertalab choy ichuvdim.) metonimiya asosida hosil boʻlgan ma’nolardir.
METATEZA (yun. metathesis – oʻrin almashtirish) Soʻzdagi tovushlarning oʻrin almashinuvi. Masalan, h – v: ahvol – avhol, p – r: tuproq – turpoq, r – g: o‘rganmoq – o‘granmoq, g‘ – r: to‘g‘ramoq – to‘rg‘amoq, n – m: aylanmoq – aynalmoq.
METAFORA (yun. metaphora – koʻchirish) Bir predmetning boshqa predmetga biror tomondan oʻxshashligini e’tiborga olib koʻchirish. Metafora soʻzning yangi ma’nolari hosil poʻlpshnda qatnashadigan omillardan biridir. Masalan, qanot, kosa arafa soʻzlarinnpg, samolyot qanoti, tarvuzning kosasi, bayram arafasi birikmalaridagi ma’nosi metafora asosida hosil boʻlgan.
MIMEMA – q. Taqlid soʻz.
MIQDOR SON Mavjuotning miqdorini bildiruvchi son. O‘zbek tilida miqdor son olti turga boʻlinadi: 1) sanoq son (q.); 2) dona son (q.); 3) chama son (q.); 4) jamlovchi son (q.); 5) taqsim son (q.); 6) kasr son (q.).
Do'stlaringiz bilan baham: |