OT KO‘MAKCHILAR Fe’l boʻlmagan soʻzdan kelib chiqqai (kelib chiqayotgan) koʻmakchilar: tomon, tashqari, keyin, old, ich, yon, ora va b.
OTLI SOʻZ BIRIKMALARI Hokim komponenti fe’ldan boshqa turkumga oid soʻz bilan ifodalangan soʻz birikmalari: yuk mashinasi, barcha oʻqituvchilar, goʻzal qshiloq va b.
OT Mavjudot ma’nosini bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid muayyan soʻz. Mavjudot grammatikada juda keng tushuncha boʻlib, kishi (odam, inson), narsa (paxta, suv), hodisa (toʻpolon, kurash), tuyg‘u (muhabbat, alam) va shu kabilarni oʻz ichiga oladi. Otlar ma’no jihatdan va ifodalaydigan tushunchaning xususiyatiga koʻra atoqli ot (q.) va turdosh ot (q.); aniq ot (q.) va mavhum ot (q.); yakka ot va jamlovchi ot (q.) kabi turlarga boʻlinadi.
OTLASHISH Boshqa turkumga oid soʻzlarning otga koʻchishi: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. Birni kessang, o‘nni ek.
OT KESIM Fe’ldan boshqa soʻz turkumlari, shuningdek, harakat nomi va otlashgan oifatdosh shakllari orqali ifodalangan kesim: Iso bobo shu qishloqda imorat ustasi. Bu kishi akam bo‘ladi. O‘rik shirin. Maqsadim shu. Bilimning asosi – o‘qish.
OVOZ Tovush paychalarining titrashi bilan bog‘liq holda ogʻiz boʻshligʻida hosil boʻladigan tovush.
Do'stlaringiz bilan baham: |