B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet74/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

NUTQ FE’LLARI Insonning nutq faoliyatini bildiradigan fe’llar. Masalan, soʻzlamoq, demoq, maqtanmoq, soʻramoq kabilar.
NUTQIY MATN Mazmun jihatdan tugallikka ega boʻlgan, oʻz tarki­bidagi soʻz yoki iboralarning ma’nolarini belgilashga imkon beradigan nutq parchasi. Bunday nutq parchasi tarkibidagi soʻzlar (iboralar) biri boshqasi uchun qurshov vazifasini bajaradi.
NISBAT KATEGORIYASI Harakatning subyekt va obyektga muno­sabatini bil­di­ruvchi grammatik kategoriya. Masalan, koʻrdi – harakat bevosita subyektning oʻzi tomonidan bajarilishi ifodalanadi; koʻrsatdi – harakatning (koʻrinishning) bevosita bajaruvchisi boshqa shaxs ekanligi ifodalanadi; koʻrindi – harakatning subyektning oʻzida obyekt sifatida qaratilgani ifodalanadi.

O


OLMOSHLASHISH Boshqa turkumga oid soʻzning olmoshga oʻtishi: Akam birovning tomini teshib qamalgan emas, yo birovning haqini yegan emas. (Oybek)
OBOROTq. Oʻram.
OBRAZGA TAQLID SOʻZ Inson, hayvon yoki narsalarning harakat-holatini, koʻrinish-ifodasini taqlidan bildiruvchi soʻzlar: jimir-jimir, lip-lip, diring-diring, lov-lov va b.
OBYEKTLI FE’L Harakatning vositasiz toʻldiruvchi ifodalaydigan predmetga yoʻnalishini bildiradigan fe’l. Masalan, supurmoq (hovlini), damlamoq (choyni) kabi.
OBYEKTSIZ FE’L Vositasiz toʻldiruvchini boshqara olmaydigan fe’l. Masalan, kel, yur, qol, uxla kabilar.
OCHIQ BOʻG‘IN Unli bilan tugaydigan boʻgin: bo-la-ga, ha-vo-da |kabi.
OCHIQ IFODALI TUZILMA Ifodasi aniq, ochiq boʻlgan tuzilma. Masalan, ravishdosh oʻramlarga nisbatan ergash gaplar ochiq ifodali tuzilma hisoblanadi.
ODATDAGI TARTIB q. Toʻgri tartib.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling