OMONIMIKA Tilshunoslikning omonimlarni oʻrganuvchi boʻlimi.
ONA TILI 1.Har bir xalqning, elatning, millatning o‘z tili.
Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko‘z yoshidan, oq sutidan;
To‘qaylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan —
Yo‘g‘rilgan til —
Ona tilim. (Mirtemir)
2. Maktab, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtida o‘qitiladigan, ona tilining adabiy me’yorlari, leksik va grammatik imkoniyatlarini o‘rgatuvchi o‘quv predmeti. Bugun ona tili darsi bo‘ladi.
ONOMASIOLOGIYA Leksikologiyaning lugʻaviy birliklarini nomlash va tushuncha anglatish tamoyillari va qonuniyatlarini oʻrganuvchi boʻlimi.
ONOMASTIKA (yun. onomoztika – nom qoʻyish san’ati) 1. Tilshunoslikning atoqli otlarni o‘rganuvchi bo‘limi.
2. Atoqli otlar majmui.
OPPOZITSIYA (lot. opposito – qarama-qarshi qoʻyish) Ikki yoki undan ortiq bir turdagi til hodisalarini qarama-qarshi qoʻyish, qarama-qarshilik holati. Masalan, jarangli va jarangsizlar oppozitsiyasi.
ORFOEPIK LUGʻAT – q. Talaffuz lugʻati.
ORFOEPIK NORMA – q. Talaffuz me’yori.
ORFOEPIK TAHLIL Soʻz fonetik qurilishining talaffuz nuqtayi nazaridan tahlili.
ORFOEPIYA (yun. orthoz – toʻgʻri + epoz – nutq). 1. Tilshunoslikning me’yoriy adabiy talaffuzni oʻrganuvchi boʻlimi.
2. Biror tilda qabul qilingan talaffuz me’yorlariga mos holda bir xil talaffuzni belgilovchi qoidalar tizimi.
ORFOGRAFIK TAHLIL ayn. Imloviy tahlil.
ORFOGRAFIYA (yun. orthoz – toʻgʻri + grapho – yozaman) – ayn. Imlo.
Do'stlaringiz bilan baham: |