B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet79/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

OZAYTIRMA DARAJA Belgining so‘zga nisbatan oz (kuchsiz) eka­nini ifoda­lovchi daraja, bu daraja shakli oʻzbek tilida -roq qo‘shimchasi bilan yasaladi; quruqroq, qorongʻiroq (xona) kabi.

P


PARADIGMA (yun. paradigmia – misol, namuna) Til birliklari, gram­matik shakl­larning umumiy ma’nosiga koʻra birlashuvchi, xususiy ma’no­siga koʻra farq­lanuvchi tizimi. Masalan, fe’lning shaxs-son paradigmasi; otning kelishik paradig­masi va b.
PARADIGMATIK MUNOSABAT Bir paradigmaga birlashuvchi til birlik­lariiing oʻzaro munosabati. Masalan, sinonimiya, antonimiya, giponimiya, graduo­nimiya leksik birliklar orasidagi pradigmatik munosabatdir.
PARADIGMATIK QATOR Ma’lum umumiylik xususiyati asosida birlashib, ayrim farqli (oʻziga xos) xususiyati bilan qarama-qarshi tura­digan va nutqiy aloqa talablariga koʻra biri ikkinchisi bilan almashina ola­di­gan birliklar (unsurlar). Masalan, i-e-a-u-o‘-o unli fonemalar paradigmatik qatori, chiroyli – go‘zal – suluv – zebo sinonim leksemalar paradigmatik qatori, daftar – daftarni – daftarning – daftarga – daftarda – daftardan kelishik paradigmatik qatori.
PARADIGMATIKA 1. Til birliklarini til tizimiga mansub paradigma­larning un­suri sifatida tekshirish aspekti. Qiyos. Sintagmatika.
2. Paradigmalar tizimi.
PARAFRAZA (yun. paraphrasis – tasviriy ifoda, tasvir). Narsa, hodisani oʻz nomi bilan emas, ularning xarakterli belgi-xususiyatlari asosida tasviriy usul bilan ifodalash; shunday ifoda. Masalan, dala malikasi (makkajoʻxori), zangari olov (gaz) kabi.
PARALINGVISTIKA Tilshuoslikning oʻzaro aloqa-aralashuvda imo-ishora, mi­mi­ka, nutq vaziyati kabi omillarni oʻrganuvchi sohasi.
PASSIV NUTQ A’ZOLARIq. Nofaol nutq a’zolari.
PAUZA (yun. pausiz – toʻxtatish) – q. Toʻxtam.
PAYT ERGASH GAP Bosh gapdan anglashilgan harakat, voqea-hodisalar­ning yuzaga kelish paytini (vaqtini) bildiruvchi ergash gap: Oybodoq keta boshlagan edi, Ota­bek uni to‘xtatdi. (A. Qodiriy) Yom­g‘ir yog‘a boshlasa, ish taqqa to‘x­taydi. (H. G‘u­lom)

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling