B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet81/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

PREDIKATIV ALOQA Ega va kesim oʻrtasidagi aloqa.
PREDIKATIV BIRIKMA Ikki tarkibli gapning tuzilish asosini, gram­matik markazini tashkil etuvchi ega bilan kesim bogʻlanmasi: Majlis kech tugadi (majlis tugadi – predikativ birikma).
PREDIKATIV MUNOSABAT Ega bilan kesim oʻrtasidagi munosabat.
PREDIKATIVLIK Gap mazmunining voqelikka munosabatini til vosi­ta­lari bilan ifodalanishi. Zamon, shaxs-son va modallik kategoriyalari predikativlikni ifo­da­lovchi grammatik vositalar boʻlib, xabar ohangi bilan birga gapning umumiy xa­rak­terli belgilari hisoblanadi. O‘zbek tilida predikativlikni ifodalovchi bo‘lak kesim­dir.
PREDIKATSIYA (lot. pradiacutum – bayon qilish, fikr berish) Gapda fikr mazmunining obyektiv voqelikka nisbat berilishi.
PREDIKAT (lot. pradiacutum – aytilgan) – ayn. Logik kesim.
PREFIKS (lot. praefixum – oldiga yopishtirilgan) – q. Old qoʻshimcha.
PREPOZITSIYA (lot. praepositio – oldiga qoʻyish) – q. Old joylashuv.
PROFESSIONAL LEKSIKAq. Kasb-hunar leksikasi.
PROFESSIONALIZM (lot. professio – kasb-kor, mutaxassislik) Biror kasb-hunar egalari nutqiga xos soʻz yoki ibora. Masalan, xat (sopol idishlarga boʻyoq bi­lan solinadigan toʻgʻri chiziq).
PROGRESSIV ASSIMILATSIYA (lot. progression – oldinga qarab harakat­lanish) Oldingi tovush ta’sirida keyingi tovushning oʻzgarib, u bilan oʻxshashlik kasb etish: qishloq + ga < qishloqqa.
PROKOPA (yun. prokope – oldindan qisqarish) Soʻz boshidagi tovush­ning tu­shishi: iroq < yiroq kabi.
PRONOMOLIZATSIYA (lot. pronomen – olmosh) – q. Olmoshlashish.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling