PURIZM (lot. puris – sof) Tilning sofligini saqlashga, chet tillardan soʻz oʻzlashtirishga qarshi chiqish.
PIKTOGRAFIK YOZUV (lot. piktus – boʻyoqlar bilan tasvirlangan + grapho – yozaman) Nutq mazmuni rasm, shartli tasvir tarzidagi grafik shakllar asosida ifodalanadigan yozuv.
PARONIMLAR (yun. para – yonida + onyma – nom) Fonetik tarkibi boshqa-boshqa, talaffuzdagina oʻxshash, yaqin boʻlib qoladigan soʻzlar: asl – asil, abzal – afzal, amr – amir kabi.
QISQARTMA QOʻSHMA OTLAR – q. Qisqartma soʻzlar.
Q
QARATUVCHI (QARATQICH) Aniqlovchining turi: biror narsa-predmet tegishli (qarashli) boʻlgan shaxs yoki predmetni bildiruvchi boʻlak. Bu boʻlak belgili va belgisiz qaratqich kelishigi shaklidagi soʻz bilan ifodalanadi: daraxt bargi, daraxtning bargi.
QARALMISH Birikmaniig qaratuvchi tobe boʻlgan (hokim) qismi: daraxt bargi.
QARASHLILIK SHAKLI Predmetning biror shaxs yoki narsaga qarashli ekanini bildiruvchi soʻz shakli. Bu shakl oʻzbek tilida -niki qo‘shimchasi yordamida yaealadi: maktabniki, ukamniki kabi: Katta buloqning irmog‘i kichik buloqnikiga qaraganda kuchliroq edi. (H. Po‘latov)
QARATQICH KELISHIGI Qaralmishdan anglashilgan predmet yoki belgi shu kelishikdagi soʻz yanglatgan predmetga qarashli ekanini ifodalovchi kelishik. Bu kelishik shakli -ning qo‘shimchasi yordamida yasaladi, masalan: o‘quvchining daftari kabi. Qaratqich kelishigidagi ot belgili yoki belgisiz shaklda boʻlishi mumkin: maktabning hovlisi (belgili) – maktab hovlisi (belgisiz) kabn. Bu kelishik shaklidagi soʻz qaratuvchi (q.) vazifasida ksladi.
QARINDOSH TILLAR Kelib chiqish manbai bir (umumiy) boʻlgan, shunga koʻra fonetika, leksika va grammatikada umumiy faktlar va xususiyatlar mushtarak ravishda namoyon boʻladigan tillar. Masalan, o‘zbek, uyg‘ur, turkman, qirg‘iz, tatar, turk, boshqird tillari qarindosh tillardir.
QAVS Sitatalarning manbaini, kiritmalarni ajratishda va boshqa oʻrinlarda qoʻyiladigan ikki (ochiluvchi va yopiluvchi) qismli tinish belgisi: ( ).
Do'stlaringiz bilan baham: |