B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet66/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

MODALLIK KATEGORIYASI Fikrning voqelikka boʻlgan munosa­batini koʻrsatuvchi ma’nolar va bu ma’nolarning ifodalanish tizimi. Modal ma’no, masa­lan, modal soʻz yoki modal shakllar orqali ifodalanadi.
MODDIY MA’NO Ma’lum bir narsa-hodisa, harakat, belgi kabilar ha­qi­­­­­­­dagi tushunchata mos keluvchi material ma’no; soʻzning material qismi (asosi) bildi­radigan ma’no. Masalan, ishning soʻzidagi ish qismiga xos ma’no; ishchilarimiz, ishladik soʻzlarining ishchi va ishla qismlariga xos ma’no moddiy ma’nodir.
MODELLASHTIRISH Biron til (nutq) birligining sxemasi yoki mode­lini tuzish: ergashgan qoʻshma gapni modellashtirish.
MONOFTONG (yun. monos – bir + phtongoz – ovoz, tovush) Tarkibi bir tovushga teng unli, sodda unli; yakka unli. Qiyos. Diftong.
MONOLOG (yun. monoz – bir + logos – soʻz, nutq) Soʻzlovchining oʻziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e’tiborda tutmaydigan nutq.
MONOSEMIYA (yun. monos – bir + sema – belgi) – q. Bir ma’nolilik.
MORFq. Morfa.
MORFA (yun. morphe – shakl) Morfemaning soʻzshakl tarkibida qat­nashayotgan koʻrinishi. Turli soʻzshakllarda ishtirok etuvchi bunday morf­lar majmui morfemani tashkil etadi. Masalan, uyga, eshikka, yotoqqa soʻzshakllarida ishtirok etayotgan uch shakl (-ga, -ka, -qa) bir morfema hisoblanadi. Morf(a)lar oʻzaro allomorf(a) (q.) yoki morfemaning varianti (q.) holatida boʻladi.
MORFEM LUGʻAT Soʻzlarning morfema tarkibi qayd etiladigan lugʻat. Masalan, A. Gʻ. Gʻulomov, A. N. Tixonov, R. Qoʻngʻurovlarning “O‘zbek tili mor­fem lugʻati” (“O‘qituvchi” nashriyoti, 1977).
MORFEM TAHLIL Soʻzning morfema tarkibini, morfemalarning tur­larini, har bir turning ma’no va vazifasiga koʻra turlarini belgilash.
MORFEMA (yun. morphema – shakl) Tilning ma’noli, boshqa ma’noli qism­larga boʻlinmaydigan eng kichik birligi. Asosiy xususiyatiga koʻra morfemalar ikki turga boʻlinadi: 1) leksik morfema (q.); 2) qo‘shimcha morfema (q.). Masalan, suvchi soʻzida ikki morfema bor: suv va chi. Suv – leksik morfema, chi – qo‘shimcha morfema.
MORFEMANING VARIANTI ayn. Allomorfa.
MORFEMIKA Morfemalarning mohiyati, tuzilishi, turlari va boshqa xususiyat­lari haqidagi ta’limot.
MORFOLOGIK KATEGORIYA Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no va shu ma’nolarni ifodalovchi shakllar tizimi. Masa­lan, oʻzbek tilida otlardagi son kategoriyasi (kitob – birlik, ko‘plikka betaraflik, kitoblar – koʻplik), fe’lning zamon kategoriyasi (oʻqidi – oʻtgan zamon, oʻqiyaptihozirgi zamon, oʻqiydi – kelasi zamon) va b.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling