B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet63/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

MAQSAD RAVISHI Ish-harakatning qanday maqsad bilan bajarilishini bildiruvchi ravish: ataylab, qasddan kabi: Qoratoy bilan O‘roz yigitni avaylab koʻtarib, ushlanib qolmaslik uchun joʻrttaga xalq ichiga shoʻngʻidi. (Oybek)
MASHINA TARJIMASI Matn (tekst)ni berilgan dastur asosida elek­tron mashi­nalar yordamida bir tildan ikkinchi tilga avtomatik tarjima qilish.
MATAL Hayotiy voqelikni ixcham shaklda emotsional-ekspressiv baho bilan tasvirlovchi ifodalar. Matallar nutqda hukmning qismi vazifasida boʻlishi, hamma vaqt koʻchma ma’no anglatishi kabi xususiyatlari bilan maqollardan farqlanadi: Tuyaning dumi yerga tekkanda.
MATN Yozuv orqali aks ettirilgan o‘zaro mazmunan bog‘langan ikki yoki undan ortiq gap.
MATNIY SINONIMLAR Nutqiy matn asosida belgilanadigan sino­nimlar. Masalan, shirin so‘zi shirin uyqu birikmasida yoqimli so‘ziga matniy sinonim. Biroq paradigmatik darajada bu so‘zlar sinonim emas.
MATNIY MA’NO Soʻzning nutqiy matnga bogʻliq holda hosil boʻladigan (yu­za­ga chiqadigan) ma’nosi. Masalan, jarohat, quturmoq soʻzlarining quyidagi nutq parchalaridagi ma’nosi matniy ma’no hisoblanadi: Shoh qilib qo‘ygan ishidan pushaymonlgini so‘zlab, bu jarohat o‘lgunicha ko‘ksidan ketmasligini aytdi. (“Lo­chin­ning o‘limi” ertagidan) Quturgan dushman askarlarining suroni quloqlarni qomatga keltiradi. (M. Osim)

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling