LOGIK KESIM – q. Mantiqiy kesim.
LOGIK URGʻU – q. Mantiqiy urgʻu.
LOGIK SUBYEKT – q. Mantiqiy ega.
LUGʻAT MAQOLASI Lugʻatlarda bosh soʻzni izohlash, tarjima qilish uchun tuzilgan maqola.
LUGʻAT 1. ayn. Leksika
2. Lug‘aviy birliklar alifbo, uyali, mavzuviy tartibida joylashtirilgan, turlicha izohlar berilib, kitob shakliga keltirilgan to‘plam. Lug‘at turli maqsadda tuziladi, shunga ko‘ra uning turi ham ko‘p. Avvalo lug‘at ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) lingvistik lug‘at (q.), 2) qomusiy lug‘at (q.).
LUGʻATCHILIK Lugʻat tuzish ishlari; leksikografiya: Lugʻatchilikni rivojlantirish.
LUGʻATSHUNOSLIK Tilshunoslikning lugʻat tuzish ishlarining ilmiy-nazariy masalalari bilan shugʻullanuvchi boʻlimi; leksikografiya.
LUGʻAVIY BIRLIK – q. Leksik birlik. Frazeologik birlik.
LUGʻAVIY MA’NO – q. Leksik ma’no.
LUGʻAVIY KALKA – q. Leksik kalka.
M
MODEL (fran. modele ital. modello – namuna, qolip). Biron til hodisasi (nutq birligi) tarkibiy qismlarining joylashish holatini koʻrsatuvchi sxema yoki namuna: Soʻz yasalish modeli: yasalish asosi + yasovchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |