MAKTAB GRAMMATIKASI Maktablarda oʻqitish uchun moʻljallangan an’anaviy grammatikaning shartli nomi.
MAKTAB LUGʻATI Hajm va mazmuni maktab talablariga moslashtirilgan lugʻat.
MANTIQIY EGA Gapda fikr yuritilayotgan narsa (shaxs yoki predmet). Mantiqiy ega o‘z ifodasiga ko‘ra grammatik ega bilan teng kelavermaydi. Masalan, mantiqiy ega grammatik ega va ikkinchi darajali bo‘lak guruhidan iborat bo‘lishi mumkin. Chunki mantiq (logika) fikrning ikkinchi darajali bo‘laklarini farqlamaydi. Shuningdek, bosh kelishikdan boshqa kelishikdagi so‘z ham mantiqiy ega bo‘la oladi. Masalan, Yer traktor bilan haydaldi gapida traktor bilan so‘zi mantiqiy egadir.
MANTIQIY SUBYEKT – q. Mantiqiy ega.
MANTIQIY URGʻU Gapdagi biror soʻzni, boʻlakni (ma’nosini ta’kidlab, kuchaytirib) ajratuvchi urgʻu; ma’no urgʻusi (frazaning intellektual tomoniga oid urgʻu). Masalan, Men ertaga muzeyga boraman gapidagi har bir soʻzni mantiqiy urgʻu bilan aytish (ajratish) mumkin: 1) Men ertaga muzeyga boraman; 2) Men ertaga muzeyga boraman; 3) Men ertaga muzeyga boraman; 4) Men ertaga muzeyga boraman.
MAQOL Chuqur ma’noli, tuzilishi gapga teng, alohida ritmik-metodik xususiyatlarga ega boʻlgan folklor janri. Maqollarda xalqning koʻp yillik tajribalari, hayot hodisalarining ma’lum bahosi (unga munosabat) aks etadi: Daryo suvini bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar. Sabr qilsang, gʻoʻradan halvo bitar, Besabrlar oʻz oyog‘idan yitar.
MAQSAD ERGASH GAP Bosh gapdan anglashilgan harakat, voqea-hodisaning qanday maqsad bilan yuz berishini bildiruvchi ergash gap: Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlikka imzo chekdik. (G‘. G‘ulom)
MAQSAD HOLI Ish-harakatning bajarilish maqsadini bildiruvchi hol: Yo‘lchi nafasini rostlash uchun eshikka chiqdi. (Oybek)
MAQSAD MAYLI Harakatni bajarish-bajarmaslik maqsadini, niyatini, harakatni bajarnsh moʻljal qilinganini bildiruvchi mayl. Maqsad mayli shakli -moqchi qo‘shimchasi yordamida yasaladi: koʻrmoqchiman, bormoqchiman, universitetga kirmoqchi kabi: – Hozir… toj-u taxt da’vosidan voz kechdim. Endi faqat shoirona hayot kechirmoqchimen. (P. Qodirov)
Do'stlaringiz bilan baham: |