B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet59/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

KAMMAHSULLIK Kam miqdorda soʻz yasash xususiyati.


L


LEKSIK SOʻZ Leksikologiyaning obyekti sifatidagi soʻz.
LEKSIK USLUBIYAT Turli leksik qatlamlarning uslubiy imkoniyat va xusu­siyatlari, soʻzlarning funksional-uslubiy, emotsional-ekspressiv boʻ­yogʻi, shuning­dek, nutqda leksik vositalarni maqsadga muvofiq tarzda tan­lash va qoʻllash haqidagi ta’limot.
LEKSIK O‘ZLASHMALARq. O‘zlashma soʻzlar.
LEKSIK SINONIMLARq. Sinonimlar.
LINGVISTIK IQTISOD Nutqiy aloqa jarayonida kam kuch sarf etishga, til birliklarini, birinchi navbatda, fonetik jihatdan oʻzgartishga, qisqartishga intilish. Bu hodisa til tizimining barcha sohalarida (fonetika, soʻz yasalishi, sintaksis va b.) uchraydi. Masalan, fonetikada: soʻz boshida undoshning tushishi (yoʻqolishi): uzum; soʻz oxirida jaranglining jarangsizlashuvi: kitop va b.; morfologiyada: bora olaman shaklining borolaman shakliga, olib bor shak­lining obor shakliga kelishi va h.
LINGVISTIK TAHLIL Til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qism­lari, maz­muni, vazifasi va b. xususiyatlari nuqtayi nazaridan tadqiq etish, shu nuqtayi nazar­dan til birliklarining aniq holatini belgilash. Lingvistik tahlil­ning quyidagi turlari farqlanadi: 1) leksikologik tahlil, 2) frazeologik tahlil, 3) semasiologik tahlil, 4) fo­ne­tik tahlil, 5) imloviy tahlil, 6) orfoepik tahlil, 7) morfem tahlil, 8) so‘z yasalish tahlili, 9) morfologik tahlil, 10) sintaktik tahlil, 11) uslubiy tahlil, 12) etimologik tahlil.
LINGVISTIKA (fran. linguistiquie<; lot. lingua – til) – ayn. Til­shunoslik.
LINGVISTIK LUGʻAT Lugʻaviy birliklarning ma’nosi, qoʻllanishi va boshqa ling­vistik xususiyatlari talqin etiladigan lugʻat. Masalan, izohli lugʻatlar, imlo lu­gʻat­lari, tarjima lugʻatlari lingvistik lugʻatlardir.
LITOTA (yup. litotes – oddiylik). Narsa, hodisa yoki belgining hajmi, kuchi kabilarni kamaytirib tasvirlash. Masalan, koʻp soʻzi oʻrnida kam emas, yaxshi soʻzi oʻrnida yomon emas shaklining qoʻllanishi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling