B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet58/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

KO‘MAKCHILI ALOQA Soʻzlar oʻrtasida koʻmakchilar vositasida yuzaga keladigan aloqa: qalam bilan yozmoq, uyga qadar yugurmoq kabi.
KO‘MAKCHILI BOSHQARUV Koʻmakchilar vositasida voqe boʻladigan boshqaruv: doʻstlar bilan uchrashmoq, telefon orqali soʻzlashmoq, kun sayin goʻzallashmoq kabi.
KO‘MAKCHILI BIRIKMA Qismlari koʻmakchilar vositasida aloqaga kirish­­­­­gan soʻz birikmasi: doʻsti uchun kuyunmoq, qush kabi yengil, togʻ qadar yuksak kabi.
KUNDALIK LEKSIKA Kundalik hayotga oid narsa-hodisalarni bildiruvchi soʻzlar: uy, koʻcha, choy, pichoq, yaxshi, chiroyli, kitta, ishlamoq, oʻyla­moq, yemoq va b.
KURSIV (lot. kursiva litera – tez yozuv). Tipografik harfning qoʻlyozma harfga yaqin boʻlgan shakli. Kursiv matnning biror qismyani toʻgʻri harflar bilan yozilgan qismdan ajratish uchun ishlatiladi: Butun jonivorlar yer betiga o‘rmalayotgan payt, huv ana, osmonda turnalar arg‘imchog‘i tirov-tirov qilib uchib ketyapti. (N. Fozi­lov)
KIRITMA GAP So‘zlovchi bir fikrni ifodalayotgan paytda shu fikrga oid izoh, qo‘shimcha axborot berish ehtiyoji bilan qo‘llanadigan gap. Kiritma gaplar yozuvda qavs ichida, ba’zan vergul yoki tirelar bilan ajratilgan holda beriladi. Talaffuzda ular kichik to‘xtam va ovoz balandligi bilan ajratiladi. Kiritma gaplar juda keng qo‘llaniladigan soha dramatik nutqdir. Bu nutqda qahramon nutqi qay tarzda bayon etilishi remarkalarda (personaj nomi bilan uning nutqi oralig‘idagi qavslarda) ko‘rsatib boriladi. Chinorning yonish voqeasi (uning tafsilotini ikkinchi bobda bayon qilgan edik) jamoaga asta-sekin ma’lum bo‘la boshladi. «O‘tkan kunlar» (siz bu romanni o‘qigansiz, albatta) o‘zbek romanchiligi tarixida alohida o‘rin egallaydi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling