B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet55/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

KITOBIY NUTQ Kitobiy leksika asosiga qurilgan nutq: Shuni alohida qayd etish lozimki... kabi.
KOMMUNIKATSIYA (lot. communicatsio – xabar, aloqa) Biror mazmun­ning til vositalari bilan berilishi, xabar qilinishi.
KOMMUNIKATIV BIRLIKq. Nutqiy aloqa birligi. Masalan, gap.
KOMMUNIKATIV FUNKSIYAq. Nutqiy aloqa vazifasi.
KOMPARATIVISTIKA (lot. comparatives – qiyosiy) q. Qiyosiy-tarixiy til­shunoslik.
KOMPONENT (lot. component – tashkil etuvchi). Biron til (nutq) birligining tarkibiy qismi: Soʻz birikmasining komponentlari. Qoʻshma soʻzning kompo­nent­lari. Masalan, belbogʻ soʻzidagi bel va bogʻ shu qoʻshma soʻzning kompo­nentlari (tarkibiy qismlari) hisoblanadi.
KOMPONENTLI TAHLIL Bir sathga mansub til birliklarini oʻzaro farqlay­digan komponentlarni – farqlovchi belgilarni topish, shunday kompo­nentlarga ajra­tish. Masalan, sememani semalarga ajratish (sememaning semalar tarkibini belgi­lash). Jumladan, aka so‘zini olsak, uning sememasi qon-qarindosh, bir avlod, erkak, mendan katta kabi sema (komponent)lardan tarkib topgan.
KOMPOZITSIYA (lot. compozitos – tuzish) Soʻz qoʻshish. Qoʻshma soʻzlar kompozitsiya orqali hosil qilinadi deb tushuniladi. Q. Qoʻshma soʻz.
KONKRET OTq. Aniq ot.
KONNOTATSIYA (lot. cun, con – birga + notare – belgilamoq) Til birli­gining konnotativ ma’no (ekspressiv, uslubiy munosabat kabi qoʻshimcha ma’no yoki ma’­no­­­­larning) ifodasi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling