B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet47/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

INKOR BOGʻLOVCHILARI Uyushiq boʻlaklar yoki ayrim gaplar oldida takror qoʻllanib, inkor ma’nosini ta’kidlab koʻrsatuvchi bogʻlovchilar. Masalan, na.., na... Uning esiga na sevgi, na istirohat keldi. (Oybek)
INKOR SHAKLIayn. Boʻlishsiz shakl.
INTEGRAL SEMAq. Umumiy sema.
INTEGRATSIYA (lot. integratio – butunlashish, birlashish) Tillar, shuning­dek, dialektlarning oʻzaro nooʻxshashliklari yoʻqola borib, bir umumiy tilga birlashishi.
INTELLEKTUAL GAP Faqat fikrning oʻzini (hech qanday emotsiyalarsiz) ifodalaydigan, kommunikativ vazifagina bajaruvchi gap: Aziz institutga xursand kayfiyatda kirib bordi. (O‘. Usmonov).
INTELLEQTUAL NUTQ Intellektual informadiyani ifodalovchi nutq.
INTERFERENTSIYA (lot. 1nter – ora + ferens – ferentis oʻtkazish) Ona tiliga xos xususiyatlarni oʻrganilayotgan tilga oʻtkazish. (Bu til odatda qarindosh til boʻl­maydi.) Masalan, rus tilida fikrlovchi kishining карандаш упал gapini oʻzbekcha nutqda qalam yiqildi tarzida ifodalashi.
INTERLINGVA (lot. inter – ora, lingua – til). 1903-yilda Juzeppe Peano tomonidan taqdim etilgan xalqaro yordamchi til.
INTERLINGVISTIKA Tilshunoslikning xalqaro aloqaaralashuv vositalari sifa­tida turli yordamchi tillarni yaratish va ulardan foydalanish jarayonini oʻrga­nuvchi boʻlimi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling