INFINITIV (lot. modus infinutuiz – noaniq) Fe’lning muayyan harakatni bajaruvchi shaxs, zamon, mayldan tashqari holatda ifodalaydigan, harakatning oʻzinigina ataydigan shakli. Masalan, rus. говорить, бежать, обнимать; oʻzb. olmoq, kulish, borish kabi harakat nomi shakli.
INFINITIV OBOROT – q. Infinitiv oʻram.
INFINITIV O‘RAM Harakat nomi va unga tobe soʻzlardan iborat oʻram: Zebining choy damlab kelishini kutib uyda – dasturxon boshida o‘tirgan Saltanat ikkala qanoti ochiq turgan eshik orqali bu holni ko‘rganidan keyin o‘rnidan turib o‘rtog‘ining yoniga chiqdi. (Cho‘lpon)
INGERENT KONNOTATSIYA Nutqiy matn (kontekst)dan tashqarida ham voqelanadigan, soʻzning mavjud boʻlgan konnotativ ma’nosi. Masalan, turq soʻzi «yuz» ma’nosidan tashqari soʻzlovchining salbiy munosabatini ham ifodalaydi.
INKOR SOʻZLAR O‘zicha mustaqil yoki ayrim soʻzlar bilan birgalikda inkor ma’nosini ifodalovchi soʻzlar: yoʻq, aslo, hech kabilar. Bunday inkor soʻzlar ishtirok etgan gaplar inkor gap deyiladi: Sidiqjon bunga mutlaqo ishonmasa ham... (A. Qahhor) Shunisi hayajonliki, men uning ko‘zlarida zarracha ham yosh ko‘rmadim. (P. Tursun) Sendan hech sirimni yashirmayman. (A. Qahhor)
INKOR Predmet, belgi, harakat kabilarning real holatda; yoʻq ekanligining ifodasi. Masalan, oʻzbek tilida inkor hech, yoʻq soʻzlari yordamida, -ma qo‘shimchasi yordamida ifodalanadi: Endi uning osuda turmushini hech kim loyqata olmaydi. (S. Anorboyev).
Do'stlaringiz bilan baham: |