HOZIRGI-KELASI ZAMON GUMON FE’LI Matnga koʻra harakatning hozirgi zamonida yoki kelasi zamonda bajarilishini gumon tarzda ifodalovchi fe’l shakli. Bu shakl -(a)r qo‘shimchali sifatdoshni shaxs-son bilai tuslash orqali hosil qilinadi: bilar, kelar, tuzalib qolar kabi: Qayg‘urmang, opajon. Qora kunlar o‘tar, yorug‘likka chiqarmiz. (Oybek)
HURMAT SHAKLI Qarindoshlik bildiruvchi ot soʻz tarkibida -lar qo‘shimchasining egalik qoʻshimchasidan keyin qoʻllanishi bilan hosil boʻluvchi shakl. Qiyoslang: akalarim (koʻplik) – akamlar (hurmat) kabi: Ogʻa, sogʻ borsangiz, avval dadamlarga salom ayting. (Hamza)
HUSNIXAT Aniq va chiroyli yozish san’ati; shunday yozuv.
I
IBORA ayn. Frazeologik birlik.
ICHKI NUTQ Talaffuz etilmaydigan, tovush chiqarmay (ichda) boʻladigan nutq.
IDEOGRAFIK SINONIMLAR Denotativ ma’no nozikligiga koʻra oʻzaro farqlanadigan sinonimlar: yordamlashmoq – ko‘maklashmoq – qarashmoq kabi.
IDEOGRAFIK YOZUV Ideogrammalar asosidagi yozuv. Q. Ideogramma.
IDEOGRAMMA Ideografik yozuvda soʻz anglatadigan tushunchani ifodalash uchun qoʻllanadigan shartli belgi simvol.
IDIOMA (yun. idioma – oʻziga xos ifoda, ibora) – ayn. Frazeologik chatishma.
Do'stlaringiz bilan baham: |