B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet46/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

INFINITIV (lot. modus infinutuiz – noaniq) Fe’lning muayyan harakatni bajaruvchi shaxs, zamon, mayldan tashqari holatda ifodalaydigan, harakatning oʻzinigina ataydigan shakli. Masalan, rus. говорить, бежать, обнимать; oʻzb. olmoq, kulish, borish kabi harakat nomi shakli.
INFINITIV OBOROTq. Infinitiv oʻram.
INFINITIV O‘RAM Harakat nomi va unga tobe soʻzlardan iborat oʻram: Zebining choy damlab kelishini kutib uyda – dasturxon boshida o‘tir­gan Saltanat ikkala qanoti ochiq turgan eshik orqali bu holni ko‘rga­nidan keyin o‘rnidan turib o‘rtog‘ining yoniga chiqdi. (Cho‘lpon)
INGERENT KONNOTATSIYA Nutqiy matn (kontekst)dan tashqarida ham voqelanadigan, soʻzning mavjud boʻlgan konnotativ ma’nosi. Masalan, turq soʻzi «yuz» ma’nosidan tashqari soʻzlovchining salbiy munosabatini ham ifodalaydi.
INKOR SOʻZLAR O‘zicha mustaqil yoki ayrim soʻzlar bilan birgalikda inkor ma’nosini ifodalovchi soʻzlar: yoʻq, aslo, hech kabilar. Bunday inkor soʻzlar ishtirok etgan gaplar inkor gap deyiladi: Sidiqjon bunga mutlaqo ishonmasa ham... (A. Qah­hor) Shunisi hayajonliki, men uning ko‘zlarida zarracha ham yosh ko‘rmadim. (P. Tur­sun) Sendan hech sirimni yashirmayman. (A. Qahhor)
INKOR Predmet, belgi, harakat kabilarning real holatda; yoʻq ekanligining ifo­dasi. Masalan, oʻzbek tilida inkor hech, yoʻq soʻzlari yordamida, -ma qo‘shim­chasi yordamida ifodalanadi: Endi uning osuda turmushini hech kim loyqata olmaydi. (S. Anorboyev).

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling