INTERNATSIONAL LEKSIKA (lot. 1n1ter – ora+ natsional– xalq) – q. Baynalmilal leksika.
INTONATSIYA (lot. 1ntonare – baland tovush bilan talaffuz etaman) Nutqning sintaktik ma’nolarni va ekspressiv-emotsioial boʻyoqlarni ifodalashi uchun xizmat qiluvchi ritmik-metodik tomoni; ovozning baland-pastligi; ohang. Quyidagilar intonatsiyaning tarkibiy unsurlari hisoblanadi: 1) nutq melodikasi (q.); 2) nutq ritmi (q.); 3) nutq intensivligi (q.); 4) nutq tempi (q.) 5) nutq tembri (q.) ; 6) mantiqiy urgʻu va fraza urgʻusi (q.).
INTRALINGVISTIKA Tilshunoslikning til ichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalarini, til sathlari va ularning tuzilishini nolisoniy omillarga murojaat qilmay oʻrganuvchi sohasi. Intralingvistikaning asosiy boʻlimlari fonologiya, leksikologiya va grammatikadir.
INVARIANT (fran. invariant – oʻzgarmas) Tilning qurilish birligining (fonema, morfema, leksema va sh. k.) nutqdagi muayyan voqelanishidan ajratib, mavhum olingan holati.
IKKILAMCHI CHO‘ZIQLIK Yondosh undoshning tushib qolishi natijasida hosil boʻlgan choʻziqlik. Masalan, sha:ar (shahar), su: (suv) kabi.
ISH-HUJJAT LEKSIKASI Ish-hujjat qogʻozlarida qoʻllanadigan soʻzlardan iborat leksika. Masalan, ariza, bildirishnoma, tilxat kabilarga xos leksika: guvohlik bermoq, tavsiya qilmoq.
ISTORIZMLAR – q. Tarixiy soʻz.
IZCHIL QO‘SHIMCHALAR Ma’lum bir tizim tarzida soʻz yasaydigan, soʻz yasalishining ma’lum tipini hosil qiluvchi qo‘shimchalar. Masalan, ot yasovchi -chi (ishchi, sportchi, betonchi), fe’l yasovchi -la (oʻyla, soʻzla), sifat yasovchi -li (kuchli, aqlli, mazali) qo‘shimchalari izchil qo‘shimchalardir.
IZOFA Fors va boshqa ba’zi tillarda aniqlovchi va aniqlanmish munosabatini ifodalovchi vositalardan biri. Masalan, tarjimayi hol, dardi bedavo, baloyi nafs kabi birikmalardagi tartib va -i, -yi izofani ta’minlovchi vositalar hisoblanadi. Bu turdagi birikmalar fors-tojik tillaridan oʻtgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |