B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet45/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

IMLONING AN’ANAVIY TAMOYILI Imloning morfologik yoki fonetik asos­ga ega boʻlmagan, faqat an’anaga, ya’ni avvalgi yozilishiga asoslanuvchi tamoyil. Masalan, kaptar, nevara yozish bilan bir qatorda, an’anaga koʻra, kabutar, nabira yozish xam bor.
IMLONING FONEMATIK TAMOYILI Imloning bu tamoyiliga koʻra, alifbo harflari bilan u yoki bu pozitsiyada talaffuz etiluvchi tovushlar emas, balki bu tovushlarni birlashtiruvchi fonemaning oʻzi tasvirlanadi. Masalan, til, bil, qil soʻz­laridagi unlining (i) talaffuzi (tovush tomoni) oʻzaro farqli boʻlsa-da, lekin bir fone­ma hisoblanadi va fonematik tamoyilga asosan har uch soʻzdagi unli bir xarf bilan yoziladi.
IMLONING FONETIK TAMOYILI Imloda soʻzlarni talaffuziga koʻra yozish tamoyili. Masalan, allomorflar (q).odatda, shu tamoyilga amal qilib yoziladi: jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini k tovushi bilan tugagan so‘zlarda -ka, -q tovushi bilan tugagan so‘zlarda -qa tarzida yozish kabi: tokka, kurakka, qishloqqa, chopiqqa va b.
IMLONING MORFOLOGIK TAMOYILI Bu tamoyilga koʻra soʻzlar, qo‘shimchalar talaffuziga qarab emas, asliga muvofiq yoziladi. Masalan, bargga (barkka emas), uchta (ushta emas), aytdi (aytti emas), boribdi (boripti emas).
IMLONING TARIXIY TAMOYILIayn. Imloning an’anaviy tamoyili.
IMLOVIY TAHLIL Soʻzdagi orfogrammalarni ajratish, ularning turini aniq­lash, qaysi qoida asosida yozilishini belgilash va sh.k. nuqtayi nazaridan boʻladigan tahlil.
IMO-ISHORA TILI Turli imo-ishora, tana a’zolari harakatidan aloqa vositasi sifatida foydalanish; shunday vazifa bajaruvchi imo-ishora, xatti-harakatlar.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling