B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


IDIOMATIKA Biror tilning idiomalari majmui. IYEROGLIFIK YOZUV


Download 387.41 Kb.
bet43/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

IDIOMATIKA Biror tilning idiomalari majmui.
IYEROGLIFIK YOZUVayn. Ideografik yozuv.
IYEROGLIFLAR (yun. hierogliepighol – muqaddas yozuvlar) Butun bir soʻz, boʻgin yoki tovushni ifodalash uchun xizmat qiladigan grafik ifodalar.
IFODA JIHATI Muayyan lingvistik birlikning ifoda tomoni, ya’ni til (nutq) birligining tashqi tomoni (ifodalovchisi).
IFODA PLANIq. Ifoda jihati.
IFODA Tilga xos qonunlar asosida shakllangan (ogʻzaki yoki yozma koʻrinish­dagi) har qanday nutq birligi.
IFODALANUVCHI (ifoda mazmuni) Til (nutq) birligining ichki tomoni. Masalan, soʻzdagi ifodalanuvchi – uning lugʻaviy ma’nosi. Gapdagi ifoda­lanuvchi – uning mazmuni.
IFODALOVCHI (ifoda shakli). Til birligining tashqi shakliy tomoni. Masalan, soʻzdagi ifodalovchi – uning tovush qobigʻi. Gapdagi ifodalovchi – gapga xos model va sxemalarning muayyan voqelanishi va h.
IJROCHI MA’NOSI Yasama soʻzlarda ifodalanadigan harakatning baja­ruv­chisi ma’nosi. Masalan, payvandchi, uysoz, kabobpaz soʻzlarida ijrochi ma’nosi -chi, -soz, -paz qo‘shimchalari yordamida voqelanadi.
IJTIMOIY DIALEKT Muayyan ijtimoiy guruh kishilari foydalanadigan dialekt.
IKKI NUQTA Ustma ust qoʻniladigai nuqta bilan ifodalanadigan tinish belgisi (:) boʻlib, asosan quyidagi hollarda qoʻyiladi: 1) uyushiq boʻlaklar oldidan qoʻllan­gan umumlashtiruvchi boʻlakdan soʻng: Bog‘ning turli joylarida har xil mevali daraxtlar: nok, o‘rik, behi, jiyda va hokazo anchagina. (Oybek); 2) bogʻ­lovchisiz qoʻshma gap tarkibidagi gaplarni ajratishni koʻrsatish uchun: Ayniqsa, qorako‘l qo‘zilari nozik bo‘ladi: zax yerga yotdi deguncha, o‘pkasiga bag‘riqurt tushib, o‘lib ketadi. (S. Anorboyev); 3) koʻchirma gapdan oldin qoʻllangan muallif gapidan soʻng: Yormat Yo‘lchiga buyurdi: “Hov yigit, kechagi chopiqni bitirib qo‘­ying!” (Oybek)

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling