B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet39/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

GRAMMATIKALASHISH Soʻzning mustaqil lugʻaviy ma’nosini yoʻqotib, yordamchi vazifada qoʻllanishga oʻtishi, yordamchi soʻzga aylanishi. Masalan, koʻra, qaraganda, asosan soʻzlarining yordamchi vazifada qoʻllanishi; bilan, edi kabilarning butunlay yordamchi soʻzga aylanishi.
GUMON OLMOSHLARI Predmet, belgi kabilar haqida noaniq tasavvur anglatuvchi, ularga taxminli ishora qiluvchi olmoshlar: allakim, allaqanday, kimdir, qandaydir, birov kabilar: Kimdir yugurib, ichkariga qochdi, nimadir gupillab, yerga tushdi, nimadir polga daranglab dumaladi, sindi. (Shuhrat) Allaqayerda kuyib-pishib bedana sayraydi. (Shuhrat)
GUMON YUKLAMASI O‘zi aloqador soʻzning yoki butun gapning mazmuniga noaniqlik (gumon) ma’nosini beruvchi yuklama: -dir (qaerdadir), balki: Bola, «uqdim» deganday boshini qimirlatib, qayergadir oʻqday uchdi. (Oybek) Balki zavod qurish uchun ovora boʻlishga toʻgʻri kelmas. (Oybek)

H


HAQORATLI SOʻZLAR Qoʻpol munosabat, haqorat ifodalovchi soʻzlar: ab­lah, o‘laksa, kasofat, koʻppak va b.
HARAKAT FE’LLARI Makondagi siljishni, harakatni bildiruvchi fe’llar. Ma­sa­lan, yurmoq, emaklamoq, uchmoq, termoq, yigʻmoq va b.
HARAKAT NOMI Fe’lning ish-harakatning nominigina bildiruvchi, zamon, shaxs-son, mayl kabi ma’nolarga ega boʻlmaydigan funksional shakli. Fe’lning bu shakli -(i)sh, -(u)v, -moq qo‘shimchalari yordamida yasaladi: o‘qish, chizuv, kutmoq kabi.
HARF Nutq tovushlarini (fonemalarni) yozuvda ifodalash uchun xizmat qiluvchi shakl. Har bir harf asosan bir tovush (fonema)ni ifodalaydi. Shuningdek, bir tovush (fonema) birdan ortiq harf bilan ifodalanishi mumkin. Masalan, oʻzbek alifbosidagi ng harf birikmasi bilan bitta burun tovushi koʻrsatiladi. Harf ikki xil boʻladi: 1) bosh harf (q.); 2) kichik harf (q:.).
HARFIY YOZUV Har bir grafik shakl bilan alohida nutq tovushi koʻrsatiladigan yozuv.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling