GLOTTOGONIK JARAYON Tilning paydo boʻlish va taraqqiyot jarayoni.
GRADATSIYA (lot. gradatio – bosqichma-bosqich kuchaytirish) Til birliklarining biror belgisiga ko‘ra darajalanishi. Masalan, nam – ho‘l – shalabbo qatoridagi so‘zlarda “namlik” ma’nosi ortib boradi.
GRADUAL OPPOZITSIYA (lot. gradus – qadam, bosqich) – Q. Darajali oppozitsiya.
GRAFEMA (yun. graphe – shakl, surat) Yozuv birligi. Bunday birlik soʻzdagi, gapdagi oʻrniga koʻra, uslub va h. ga qarab, katta va kichik shakliga (A, a), qora va kursiv shakliga (a, a) ega va h.
GRAFIKA (yun. graphike – yozma). 1. Nutq tovushlarini yozib ifodalash vositalarining muayyan tizimi: rus grafikasi, arab grafikasi.
2. Tilshunoslikning alifbodagi harflar tarkibini, shaklini, harf va nutq tovushlari orasidagi munosabatni belgilash bilan shug‘ullanuvchi amaliy sohasi.
GRAMMATIK ALOQA – ayn. Sintaktik aloqa.
GRAMMATIK FORMA – q. Grammatik shakl.
GRAMMATIK KATEGORIYA Ikki yoki undan ortiq grammatik shakl bilan turli ko‘rinish va darajada ifodalanadigan umumlashgan ma’no yoki vazifa. Son kategoriyasi. Kelishik kategoriyasi.
GRAMMATIK KESIM – ayn. Kesim. Qiyos. Logik kesim.
GRAMMATIK MA’NO Soʻzning o‘zak, negizi yoki shakliy qismi, grammatik shakli ifodalaydigan ma’no. Masalan, o‘qi so‘zi lug‘aviy ma’nodan tashqari buyruq, II shaxs, birlik, tasdiq kabi grammatik ma’nolarni, -lar qoʻshimchasi otga xos koʻplik ma’nosini (doʻstlar, bogʻlar kabi), -yap qo‘shimchasi fe’lga xos hozirgi zamon ma’nosini (kelyapti, soʻrayapti kabi) ifodalaydi. Qiyos. Leksik ma’no.
Do'stlaringiz bilan baham: |