B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet33/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

FONETIK O‘ZGARISH Soʻzning fonetik tuzilishida boʻladigan oʻzgarish; fonetik oʻzgachalik yuz berishni. Masalan, sargʻaymoq soʻzi asli sargʻarmoq boʻlgan, ya’ni sargʻarmoq soʻzida fonetik oʻzgarish – r ning y ga aylanishi (oʻzgarishi) yuz bergan.
FONIKA (yun. phonikoz ovozli, jarangdor) Uslubshunoslikning bir boʻlimi. U nutq tovushlari va tildagi boshqa fonetik vositalarning estetik va emotsional vazifalarini oʻrganadi.
FONOGRAFIK YOZUV Tovushlarni harflar yordamida aks ettiradigan yozuv. Masalan, kirill, lotin, arab yozuvi fonografik yozuvdir.
FONOGRAMMA (yun, – phone–ovoz + gramma – yozuv, yozish) Soʻz va morfemalarning tovush qobigʻini farqlashga xizmat qila oluvchi nutq tovushlari uchun olingan shakl.
FONOLOGIK OPPOZITSIYA Fonemalarning farqlovchi belgilari asosida bir-biriga qarama-qarshi qoʻyilishi.
FONOLOGIK SOʻZ Fonologiyaning oʻrganish obyekti boʻlgan (fonologik jihatdan oʻrgangan obyekti qilib olingan) soʻz. Qiyos. Morfologik soʻz. Fonetik soʻz.
FONOLOGIYA ( yun. phone – tovush, ovoz + 1ogos – soʻz, ta’limot) Tilshu­nos­likning nutq tovushlarini soʻz va morfemalarning tovush qobigʻini farqlovchi vosita sifatida oʻrganuvchi sohasi.
FONOSTILISTIKA Uslubshunoslikning nutq tovushlarining ta’sirchan vosi­tasi boʻlib xizmat qila olish usullari va qonuniyatlarini oʻrganuvchi boʻlimi.
FORMAL GRAMMATIKA Gap qurilishida shakliy ifodaga ega boʻlgan muno­sabat­larnigina oʻrganuvchi grammatika.
FORMANT (lot. formant, formantis – yasovchi) Soʻz yasovchi va shakl yasov­chi birlikning (asosan affikisning) umumiy nomi. Masalan, kamhosil, kamqatnov soʻzlaridagi kam; shaxmatchi, hosildor soʻzlaridagi -chi, -dor formant hisoblanadi.
FRAZA (yun. phrasis ifoda, nutq o‘rami) 1. Nutqning aloqa qilish birligi sifa­tidagi eng kichik mustaqil birligi. Bunday birlik odatda gapga teng bo‘ladi va bunda «fraza» termini «gap» terminiga mos keladi.
2. Eng katta fonetik birlik – fikr tugalligiga ega, alohida ohang yordamida bir­lashgan va o‘ziga o‘xshash birliklardan to‘xtam orqali ajratilgan jumla.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling