B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet31/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

FONEMANING VARIANTI Fonemaning nutq oqimida yondosh tovushlar ta’sirida paydo boʻladigan koʻrinishi. Fonemaning variantlari ma’noni farqla­maydi va shu tilda soʻzlashuvchilarning ayni soʻz ma’nosini tushunishiga halal bermaydi. Masalan, oʻzbek tilidagi bildi, ichdi soʻzlarining birinchi boʻgʻinidagi i bilan ikkinchi boʻgʻinidagi i ning talaffuzi bir xil emas. Qish, qizgʻin soʻzlaridagi i tovushi bildi, ichdi soʻzlaridagi i tovushidan farqlanadi. Lekin bularning hammasidagi i bir fonema, bir fonemaning variantlari, hisoblanadi.
FONEMIKA Fonologiyaning fonlar va ularning segment qatori birligi sifatida fonemalarga birlashuvini oʻrganuvchi qismi.
FONETIK ALMASHINISH Tildagi fonetik qonuniyatlar asosida boʻladigan tovush almashinishi. Bunday almashinish tovushning pozitsiyasi bilan bogʻliq boʻladi va morfemaning fonema tarkibini oʻzgartirmaydi. Masalan, tes (tez), tuk (tug) va b.
FONETIKA (yun. “phonetika” tovushga oid, “phone” – tovush) 1. Til­shu­nos­likning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻ­gʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi.
2. Maʼlum tilga xos tovushlarning akustik va artikulyatsion (fiziologik) xusu­siyatlari, muayyan tilning fonetik tuzilishi. Masalan, oʻzbek tili fonetikasi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling