B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet34/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

FRAZEOLOGIK OMONIMLAR Talaffuzi va yozilishi bir xil bittadan ortiq frazeologik birlik: boshiga koʻtarmoq (qattiq shovqin qilmoq) – boshiga koʻtarmoq (yuksak darajada izzat-hurmat qilmoq).
FRAZEOLOGIK BIRLIK Tuzilishiga koʻra soʻz birikmasiga, gapga teng, se­man­tik jihatdan bir butun, umumlashgan ma’no anglatadigan, nutq jarayonida yaratilmay, nutqqa tayyor holda kiritiladigan lugʻaviy birlik. Turgʻun birik­malarning obrazli, koʻchma ma’noga ega turi. Masalan, tomdan tarasha tushganday, oyogʻini qo‘liga olmoq, sichqonning ini ming tanga va b.
FRAZEOLOGIK OMONIMIYA Frazeologik birliklar oʻrtasidagi omo­nimiya. Q. Frazeologik omonimlar.
FRAZEOLOGIK SINONIMLAR Bir xnl ma’noga ega boʻlgan, ma’no nozik­ligi, uslubiy boʻyogʻi va boshqa jihatdan oʻzaro farqlanadigan frazeologik bir­liklar. Masalan, ogʻziga tolqon solmoq – mum tishlamoq kabi.
FRAZEOLOGIK TAHLIL Frazeologik birliklarning lugʻaviy birlik sifati­dagi tahlili.
FRAZEOLOGIK KALKA O‘zga til frazeologik birligidan qismma-qism nusxa olish yoʻli bilan hosil qilingan frazeologik birlik. Masalan, barmoq orasidan qaramoq frazeologizmi ruscha смотреть сквозь пальцы frazeolo­gzmini kalkalash natijasida hosil boʻlgan.
FRAZEOLOGIK SINONIMIYA Frazeologik birliklar orasidagi sinonimiya. Q. Frazeologik sinonimlar.
FRAZEOLOGIYA (yun.fraza – ibora + 1ogoz – tushuncha, ta’limot) 1. Til­shu­noslikning frazeologik birliklarni oʻrganuvchi boʻlimi.
2. Tilning frazeologik birliklari majmui.
FRAZEOLOGIZMayn. Frazeologik birlik.
FRAZEOLOGIK LUGʻAT Tilning frazeologiyasini aks ettiruvchi, fraze­ologik birliklardan tuzilgan lugʻat. (q. SH. Rahmatullayevning 1978- yilda nashr etilgan «O‘zbek tili ning izohli frazeologik lug‘ati»). Q. Lingvistik lugʻat.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling