B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet36/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

GAPLOLOGIYA (yun. gaploz – oddiy; 1ogoz – tushuncha, ta’limot). Yasama soʻzlarda qator kelgan bir xil yoki bir-biriga oʻxshash boʻgʻinlardan birining tushishi: mineralogiya (mineralologiya oʻrniga); qayni< qaynini kabi.
GAPNING AKTUAL BO‘LINISHI Gapning muayyan nutqiy matndagi mundarijasidan kelib chiqib, mazmun jihatdan boʻlinishi. Bunday boʻlinishda gap ikki qismdan iborat boʻladi: 1) so‘zlovchi va tinglovchi (o‘quvchi) uchun ma’lum narsani ifodalovchi qism (tema), 2) so‘zlovchi bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan qism, ya’ni yangi axborot, ma’lumot qismi (rema): Tog‘a-jiyan jimgina borarldilar. Bu gapning aktual bo‘linishida tema: tog‘a-jiyan; rema: jimgina borarldilar.
GAPNING GRAMMATIK TUZILISHI Gapning uni hosil etgan sintaktik unsurlardan iborat tuzilishi: Kuz kelganda uyimizda to‘y bo‘ladi. (T. Yo‘ldosh) Inson uchun, havo, quyosh, suv, non, ota-ona qanchalik aziz va muqaddas bo‘lsa, Vatan ham shunchalik mo‘tabardir. (X. Davron) Birinchi gap sodda gap boʻlib, uning tarkibidagi boʻlaklar shu gapning sintaktik tuzilishini tashkil etadi. Ikkinchi gap esa qoʻshma gap va uning tarkibiy unsurlari (hosil qiluvchi gaplar) shu qoʻshma gapning grammatik tuzilishini tashkil etadi.
GAPNING MAZMUNIY TUZILISHI Gapning mazmun jihati, mavhum mantiqiy-grammatik ma’nosi («fikr predmeti va uning belgisi» kabi), subyekt, fikriy obyekt kabi mazmuniy kategoriyalar asosida keltirib chiqariladigan mazmun.
GIDRONIM (yun. gidro – suv; onyma – nom) Daryo, suv havzalari kabilarning nomlari: Amudaryo, Sirdaryo, Orol, Baykal.
GLOSSARIY Biror asar, ayniqsa qadimgi asarlardagi eskirgan va kam (qoʻllanadigan, tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlar izohlanadigan lugʻat.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling