B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet27/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

FAOL NUTQ A’ZOLARI Tovush hosil boʻlishida asosiy ishni bajaradigan, faol harakat qiladigan a’zolar: tovush paychasi, kichik til, til, yumshoq tanglay, pastki jag‘, lab.
FAOL TUZILMA Harakat subyekti ega orqali, harakat obyekti esa toʻldiruvchi orqali ifodalangan tuzilma: Nafisa hovlini supurdi.
FARINGAL UNDOSH (yun. pharynx, pharyngos – boʻgʻiz) Til negizi bilan boʻgʻizning orqa qismi oraligʻida havo yoʻlining torayishi bilan (boʻgʻiz boʻshli­gʻining faol ishtiroki bilan) hosil boʻladigan undosh. Masalan, oʻzbek tilidagi h undoshi.
FARQLASH VAZIFASI Til birligining (fonemaning) ifodalash va farqlash vazifasi. Masalan, kelkul, ot it, bol bor va b.
FARQLOVCHI SEMA Koʻp ma’noli soʻz semalaridan har birining oʻziga xos boʻlgan, ular sememasini bir-biridan farqlaydigan sema. Masalan, aka, uka soʻzlari katta-kichiklik semasi bilan; opa, aka soʻzlari jins semasi bilan farqlanadi.
FE’L BOSHQARUVI Hokim qismi fe’l bilan ifodalangan boshqaruv aloqasi: Daraxtga chiqmoq, mehmonlarni kuzatmoq, pichoq bilan kesmoq kabi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling