B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- EKSPRESSIYA
- EKSTRALINGVISTIK OMILLAR
EGASI UMUMLASHGAN GAP Bunday gapda ega ikkinchi va uchinchi shaxsga qaratilgandеk bo‘lsa-da, aslida hamma uchun umumiy bo‘ladi. Bunday gaplarning kesimi II va III shaxs shakllarida keladi. Bunday eganing umumlashishi maqol, matal, hikmatli ibora, odat tusiga kirgan rasm-rusumni bayon etuvchi gapda uchraydi: 1.Hurmat qilsang, hurmat topasan. 2. Sog‘liq tilasang ko‘p yema. 3. Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar. Avtobusga orqa eshikdan kiriladi.
EGASIZ GAP Egasiz gapda ega tamoman bo‘lmaydi va gap ma’nosidan anglashilmaydi: Tabiatni asrash kerak. Qishloqqa borishga to‘g‘ri keladi. Bahor. Rahmat. Egasi yo‘q gapning: a) shaxsi noma’lum (q.);b) atov gap (q.); d) so‘z-gap (q.) turi farqlanadi. EKSPRESSIYA (lot. expressio – ifoda) Nutqning ta’sirchanlik xususiyati. Bu xususiyat leksik, grammatik va b. vositalar yordamida yuzaga keladi. EKSTRA LINGVISTIKA Tilshunoslikning etnik, ijtimoiy-tarixiy, jug‘rofiy va boshqa omillarni tilning taraqqiyoti va vazifasi bilan bog‘liq hodisalar sifatida o‘rganuvchi sohasi. EKSTRALINGVISTIK OMILLAR (lot. extra – tashqi + fran. linguistique – tilga xos) – q. Nolisoniy omillar. ELATIV (lot. e1ativuz – ko‘tarilgan, yuqori) Sifatning belgining ortiq darajasini ko‘rsatuvchi shakli. Bu shakl mazmunan orttirma daraja shakliga o‘xshasa-da, belgini nisbat bermay ifodalaydi. Masalan, o‘ta ahmoq, g‘irt yolg‘on, sap-sariq kabilar. Q. Kuchaytirma shakl. ELIZIYA (lot. elisio – siqmoq, itarib chiqarmoq) Unli tovush bilan tugagan so‘zga unli bilan boshlangan so‘zning qo‘shilishi natijasida bir unli tovushning tushishi. Masalan, boroladi< bora oladi kabi. ELLIPSIS (yun. elleipsis – tushish, tushirilsh) Nutq unsurning tushib qolishi. Nutqda ellipsis turli maqsadlar bilan (masalan, iqtisod talabi bilan) yuz beradi. Undan odatda uslubiy figura sifatida foydalaniladi. Tilda esa turli sabablar bilan yuz beradi. Masalan, ugra oshi (ugra bilan tayyorlangan osh) birikmasidagi osh so‘zining ellipsyaga uchrashi (tushishi) natijasida ugra so‘zi yangi ma’noga ega bo‘lgan (ovqat nomiga aylangan): Bozordan qaytishda tayyorlangan ovqat serqatiq ugra ekan. Nutqiy ellipsis juda ko‘p uchraydigan hodisa. Masalan, Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin (odam so‘zi ellipsisga uchragan). Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling