B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet26/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

ETIMOLOGIK LUG‘AT Lug‘aviy birliklarning kelib chiqishi, etimo­logiyasi haqida ma’lumat bildiruvchi lug‘at.
ETIMOLOGIK TAHLIL So‘zning qadimgi morfologik tuzilishini, kelib chiqish asosini, tarixini, kelib chiqish yo‘llarini belgilashga qaratilgan tahlil. Masalan, yuksak so‘zi hozirgi til nuqtayi nazaridan tub so‘z, tarixan esa yasama so‘z bo‘lgan. Etimologik tahlil asosida uning yuk, sa va k qismlaridan tuzilganligi, har bir qismning qanday birlik bo‘lganligi, ularning vazifasi va ma’nosi belgilanadi.
ETIMOLOGIYA (yun. etymologia < etymon – haqiqat, so‘zning haqiqiy ma’nosi + 1ogos – tushuncha, talimot) 1. Tilshunoslikning so‘z va morfemalarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi bo‘limi.
2. So‘z yoki morfemalarning kelib chiqish tarixi: yaproq so‘zining etimolo­giyasi.
ETNOLINGVISTIKA Makrolingvistikaning til bilan xalq o‘rtasidagi muno­sabatlarni, tilning faoliyati va taraqqiyotida lingvistik va etnik omillarning o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi bo‘lim.
ETNONIM Xalq, qabila nomlari. Masalan, oʻzbek, rus, yapon, mangʻit.
EVFONIYA (yun. evphonos – yaxshi + phone – tovush) Nutqning xushohang­ligi. Bu hodisa turli fonetik usullarni qo‘llash bilan yuzaga keltiriladi. Masalan, tovushlar takrori, anafora (q.), epifura (q.) va b.: Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilmi qoshing qiz (E. Vohidov).

F


FRAZA URG‘USI Ma’no jihatidan muhim boʻlgan nutq taktini (sintagmani) urg‘u yordamida ajratish. Fraza urgʻusi ayni vaqtda fonetik-sintaktik vazifa bajaradi; soʻzlarning takt va frazalarga birlashtiradi.
FAOL LUGʻAT Muayyan tilda soʻzlashuvchilar tushunadigan va ishla­tadigan, faol ravishda qoʻllaydigan soʻzlar. Masalan, non, suv, avtobus, bormoq, ishlamoq, katta, kichik kabi so‘zlar.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling