ERGASHGAN QO‘SHMA GAP Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yo shunday bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan, bosh va ergash gapdan tuzilgan qo‘shma gap: Ildiz oziq bеrsa, novda ko‘karar.
ERGASH GAP Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi tobe qism. Bosh gapga ergashib, bu gapni yoki uning biror bo‘lagini qandaydir jihatdan aniqlab, belgilab keluvchi gap. Masalan, Ta’til boshlansa, biz shaxmat musobaqasini o‘tkazamiz. Bu gapning Ta’til boshlansa qismi ergash gap, biz shaxmat musobaqasini o‘tkazamiz qismi esa bosh gap.:
ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP – ayn. ergashgan qo‘shma gap.
ERGASH SOʻZ – q. Tobe so‘z.
ERGASHTIRUVCHI BOG‘LOVCHILAR Asosan ergash gapni bosh gapga bog‘lash va ular o‘rtasidagi turli munosabatlarni ko‘rsatuvchi bog‘lovchilar: ya’ni, -ki, chunki, go‘yo va b. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergash gap bo‘lak bosh gap o‘rtasidagi qanday munosabatlarni ifodalashiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: 1) aniqlov bog‘lovchilari (q.), sabab bog‘lovchilari (q.), chog‘ishtiruv bog‘lovchilari (q.)
ERKALASH SHAKLI Otning erkalash, suyishni ifodalovchi shakli. Bu shakl -jon, -xon, -oy qo‘shimchaoidlari yordamida yasaladi: Akajonim do‘ppim qoqib, silar edi boshimni. (A. Hoshimov)
ERKIN URG‘U So‘zning ma’lum qismidagi bo‘g‘inga emas, balki har xil bo‘g‘inlarga tushishi mumkin bo‘lgan urg‘u. Masalan, rus tilida urg‘u so‘zning bosh, o‘rta yoki oxirgi bo‘g‘iniga tushishi mumkin (demak, urg‘uning o‘rni erkin).
ERKIN SOʻZ BIRIKMASI – q. Sintaktik erkin so‘z birikmasi.
ERKIN MA’NO Narsa, belgi, harakat bilan bevosita bog‘lanadigan, reallashuvi ma’lum matnga, so‘z qurshoviga bog‘liq bo‘lmagan ma’no. Masalan, o‘yin so‘zining «raqs» ma’nosi, o‘chmoq so‘zining «yonishdan to‘xtamoq» ma’nosi erkin ma’nodir.
ESPERANTO 1887-yilda varshavalik vrach L. L. Zamengof tomonidan yaratilgan, leksikasi esa keng tarqalgan evropa tillari uchun umumiy bo‘lgan, so‘z yasalishi va grammatik qurilishi agglyutinatsiya tamoyiliga asoslangan xalqaro sun’iy til.
Do'stlaringiz bilan baham: |