B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet21/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

DISSIMILATSIYA (lot. dissimilis – nooʻxshash) Soʻzdagi bir xil yoki bir-biriga qisman oʻxshash tovushlardan birining artikulyatsion jihatdan farq qiladigai boshqa tovush tomon oʻzgarishi. Dissimilatsiya juda kam uchraydigan hodisa boʻlib, asosan soʻzlashuv nutqida yuz beradi: tranvay (tramvay oʻrniga), zaral (zarar oʻrniga) va h.
DISTANT ASSIMILATSIYA Yonma-yon boʻlmagan undoshlar assimilat­siyasi. Masalan, moshkichirimochkichiri kabi.
DISTANT DISSIMILATSIYA Yonma-yon boʻlmagan undoshlar dissimilat­siyasi. Masalan, zaral (ad.-orf. zarar). Qiyos. Kontakt dissimilatsiya.
DISTANT HOLAT (lot. distantia – oraliq) Til birliklarining bir-biridan ajral­gan, uzoqlashgan holda joylashuvi. Masalan, ega va kesimning distant holati: Aziz oʻsha kuni yarim tungacha uxlolmabdi. (O‘. Usmonov)
DOMINANTA (lot. dominans – hokim) Sinonimik qatordagi bosh soʻz: bu soʻz sinonimik qatordagi soʻzlar uchun umumiy boʻlgan denotativ ma’noni ifodalaydi. Masalan, osmon – samo – ko‘k – fazo – falak sinonimik qatorida osmon soʻzi dominanta hisoblanadi.
DONA SON Predmetning miqdorini donalab koʻrsatuvchi miqdor sonlar. Sonning bu turi -ta qoʻshimchasi yordamida yasaladi: Masalan, beshta, toʻqqizta kabi.
DUBLETLAR (fran. doublet < double – ikkili) Ayni bir so‘zning fonetik variant­lari. Masalan, shabada – shabboda, ajdarho – ajdaho.

E


EVFEMIZM (yun. euphemismos< eu – yaxshi, phemi – gapiraman) Narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi; qo‘pol, beadab so‘z, ibora va tabu o‘rnida qo‘pol botmaydigan so‘z (ibora)ni qo‘llash. Masalan, bo‘g‘oz so‘zi o‘rnida homilador, og‘iroyoq so‘zlarini qo‘llash.
EGA ERGASH GAP Bosh gapdagi olmosh orqali ifodalangan yoki nazarda tutilgan («tushib qolgan») egani izohlab, kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan ergash gap: Kimki bilimga tayansa, u doimo kamol topadi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling