BUYRUQ GAP Buyurish, iltimos, maslahat kabi mazmunli gap: Chaqir bobongni, tez bo‘l. (Oybek) – Iltimos, siz qoling, – dedi Gavhar yana yalinib. (O‘. Hoshimov)
BUYRUQ MAYLI – q. Buyruq-istak mayli.
BUYRUQ-ISTAK MAYLI. Harakatni bajarish-bajarmaslik haqida buyurish, undash, istak kabi ma’nolarni ifodalovchi mayl: ayt, aytsin, aytgin, ayting kabi shakllar:
BUYRUQ-XITOB UNDOVLARI Buyruq, chaqiriq, xayrlashuv kabilarni ifodalovchi undoshlar: Hoy! Tiss! Chu! va b.
D
DAGʻAL IBORA Adabiy til, odatdash (maqbul) muomala uchun xos boʻlmagan, qoʻpol munosabatni ifodalovchi ibora: quyushqondan chiqmoq, dumiga chelak bogʻlamoq kabi.
DAGʻAL SOʻZ Adabiy tilga kirmaydigan qoʻpol soʻz. Masalan, yemoq, chaynamoq soʻzlari oʻrnida qoʻllanuvchi kavshamoq, gʻajimoq soʻzlari: Qancha soʻksang, shuncha shilqim, turfa sulloh bachchagʻar. (Muqimiy)
DARAJA KATEGORIYASI Belgining bir-biriga qiyosan darajasini koʻrsatadigan grammatik kategoriya. Asosan sifat turkumiga, qisman ravish turkumiga xos. Bu grammatik kategoriyaning uch turi bor: 1) bosh daraja (q.); 2) ozaytirma daraja (q.); 3) orttirma daraja (q.): goʻzal – goʻzalroq – juda goʻzal kabi.
DARAJALI OPPOZITSIYA Qarama-qarshi qoʻyiluvchilarning har birida bor belgining turli darajada boʻlishi asosidagi zidlanish. Masalan, nam – ho‘l – shalabbo.
DARAK GAP Voqea-hodisani tasdiq yoki inkor yoʻli bilan qayd etuvchi, xabar etuvchi gap: Men piyoda yo‘lga chiqdim. (P. Qodirov) Novvoy chol peshonasini boylab, tandirga o‘t qalayapti. (S. Ahmad)
Do'stlaringiz bilan baham: |