BOʻLISHLI FE’L – q. Boʻlishli shakl.
BOSH BO‘LAKLAR Gapning predikativ asosini tashkil etuvchi boʻlaklar: kesim va ega. Qiyos. Ikkinchi darajali boʻlaklar.
BOSH DARAJA Sifatning belgini kuchli kuchsizlikka betaraf holda ifodalaydigan, hech qanday daraja koʻrsatkichiga ega boʻlmagan shakli: yaxshi, katta, chiroyli, keng kabi.
BOSH GAP Ergashgan qoʻshma gap tarkibidagi hokim komponent, ergash gap tomonidan oʻzi yoki biror boʻlagi aniqlanadigan, ergash gap tobe boʻlgan gap: Qaysi kishi ertalab shunday mashq qilsa, u dardga chalinmaydi. (P. Tursun). Shoshish kerak emas, chunki bu yil toshqin xavfi yoʻq. (A. Qahhor)
BOSH HARF Kichik harfdan ayrimlari hajm bilan, ayrimlari esa shakli bilan ham farqlanadigan va imlo qoidalari asosida ma’lum oʻrinlarda ishlatiladigan harf: A, B, D va b. Qiyos. Qichik harf.
BOSH KELISHIK Asosiy vazifasi egani (grammatik subyektni) shakllantirish boʻlgan kelishik shakli. O‘zbek tilida bu kelishik shakli maxsus koʻrsatkichga ega emas. Otning bosh kelishik shakli boshqa kelishiklarga nisbatan, birinchi navbatda tushum va qaratqich kelishiklariga zidlanishda belgilanadi: kitob (bosh kelishik) – kitobni (tushum kelishigi), kitob (bosh kelishik) – kitobning (qaratqich kelishigi) kabi.
BOSH MA’NO Koʻp ma’noli birlik (soʻz, ibora va b.) ma’nolari tizimida markaziy oʻrinda turadigan, boshqa ma’nolar unga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki biror ma’no orqali bogʻlanadigan ma’no. Masalan, koʻz soʻzining odamning koʻzi, derazaning koʻzi, uzukning; koʻzi birikmalaridagi ma’nosi boshqa-boshqa (mustaqil) ma’nolar boʻlib, bulardan odamning koʻzi birikmasidagi ma’no, ya’ni «koʻrish a’zosi» ma’nosi bosh ma’nodir. Keyingi ikki birikmadagi ma’nosi esa keyin yuzaga kelgan (keyin hosil boʻlgan) ma’nolardir.
BOSH NISBAT Harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki narsa tomonidan bajarilishini bildiruvchi nisbat. Bu nisbatning maxsus koʻrsatkichi yoʻq: soʻradi, biladi, kelgan, oʻrganyapti kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |