B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet19/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

DEETIMOLOGIZATSIYA (lot. de – «ayirish» ma’noli old qoʻshimcha + etimologiya). Soʻzda etimologik bogʻlanishning yoʻqolishi, ya’ni soʻz yasalishiga asos boʻlgan qism bilan soʻz yasovchi format ma’no munosabatining yoʻqolishi. Deetimologizatsiya turli hodisalar tufayli, masalan, tovush oʻzgarishlari, mor­femlarning iste’moldan chiqishi va h. natijasida yuz beradi. Masalan, oʻzbekcha yuksak, yuksal, yuqori soʻzlari yuk-//yuq- soʻzi bilan bogliq. Lekin hozirgi tilda bu soʻzlar yasama deb qaralmaydi.
DEFIS (nem. Devis<;lot. divisio – boʻlinish) Juft va takroriy soʻzlarda, soʻz va unga qoʻshiladigan ayrim unsurlar oʻrtisida va boshqa bir necha holatda yarim qoʻshib yozishni koʻrsatish uchun qoʻyiladigan chiziqcha (-): asta-sekin, past-baland, jajji-jajji, bora-bora, keldi-ku kabi.
DENOTAT (lot. denotare – belgilamoq). Til birligi (masalan, soʻz) yordamida nomlanuvchi (ataluvchi) voqelik, narsa-buyum. Masalan, yuz, aft, bashara, chehra, turq soʻzlari bir predmet (denotat)ning turli nomlaridir. Qiyos. Signifikat.
DENOTATIV MA’NO Denotat bilan bevosita bogʻliq, uni bevosita bildiruvchi ma’no. Masalan, yuz, aft, bashara, chehra, turq soʻzlarining “inson boshining old tomoni, peshanadan iyakkacha” degan ma’nosi denotativ ma’no­dir.
DENOTATSIYA Til birligining asosiy, denotativ ma’no ifodasi. Qiyos. Konnotatsiya.
DERIVATSIYA (lot. derivato – yasalish) – ayn. Qo‘shimchaal soʻz yasalishi.
DIALEKT (yun. dialektioz – sheva, lahja) Umumxalq tilining son jihatdan nis­ba­tan kam boʻlgan, biroq hududiy, kasb-hunar va boshqa jihatidan umumiylikka ega boʻlgan kishilar tomonidan qoʻllanadigan koʻrinishi. Kasb-hunar leksikasi. Sotsial dialekt, Mahalliy (hududiy) dialekt.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling