EGA GURUHI Ega va unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali bo‘laklar: Cho‘qqilarning etaklarida va soylarning tubida qolgan qorlar quyosh nurida kumushdek tovlanib, ko‘zlarni qamashtiradi.
EGA Gapdagi xabarning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, kеsimga tobе bo‘lgan bo‘lak. Ega bosh kelishik shaklidagi ot, olmosh, otlashgan so‘z, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi: Shamol gul hidlarini atrofga taratdi. Ular to‘garak mashg‘ulotiga muntazam qatnashadi. Yugurish foydali. Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. Uning yuziga oyoq qo‘yish axloqimizga zid. Otlarning otxonaga olib o‘tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi.
EGALIK KATEGORIYASI Predmetning uch shaxs (so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga)dan biriga oidligini ko‘rsatuvchi grammatik kategoriya. Bu kategoriya shakllari -(i)m, -(i)miz (I shaxs), -(i)ng, -(i)ngiz (II shaxs), -(s)i (III shaxs) qo‘shimchalari bilan yasaladi: akam, akamiz, akang, akangiz, akasi, kitobim, kitobimiz, kitobing, kitobingiz, kitobi.
EGALI GAP Egasi ifodalangan gap. Bunday gapning egasini kеsim orqali so‘roq bеrish yo‘li bilan aniqlash mumkin va u gapda mavjud bo‘ladi: 1. Salim shu vazifani bajarishi shart. 2.Bugun Samarqandga boramiz.
Egali gap o‘z o‘rnida ikkiga ajraladi:
egasi voqelangan gap: Bolalar anhorda cho‘milyapti.
egasi yashiringan gap: 1. Bugun Samarqandga boramiz (biz). 2. So‘zimning ustidan chiqaman (mеn). 3. O‘ylab ko‘rsin (u). 4. Hurmat qilsang, hurmat topasan (hamma).
EGASI YASHIRINGAN GAP Ega so‘z bilan ifodalanmagan, biroq kesimdan anglashilib turadigan gap: Universitet talabasiman. Egasi yashiringan gap quyidagi 2 turga ega:
egasi (shaxsi) ma’lum gap (q.);
b) egasi (shaxsi) umumlashgan gap (q.).
EGASI MA’LUM GAP Egani kеsimdagi shaxs-son qo‘shimchasi orqali tiklasa bo‘ladi. Bunday gapning kеsimi, odatda, 1-, 2-, qisman 3- shaxsda bo‘ladi: 1.Masalani yechdingizmi? 2. Shaftolizor bog‘larni ko‘rdim. 3. Dеrazadan ko‘chaga tikilgani tikilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |