ELLIPTIK GAP – q. To‘liqsiz gap.
EMOTSIONAL GAP So‘zlovchining turli his-hayajonini, emotsional munosabatlarini ifodalovchi gap.
EMOTSIONAL NUTQ Turli emotsiyalarni ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan nutq.
EMOTSIONAL UNDOV So‘zlovchining his-tuyg‘ularini (xursandlik, qo‘rquv, g‘azab, jirkanish va h.) ifodalovchi undov. Masalan, oh, voy, ey, attang, bay-bay-bay va b.
EMOTSIONAL DARAK GAP Ma’lum bir fakt haqida xabar bilan birga so‘zlovchining his-hayajonini ifodalovchi gaplar: Oh, qanday chiroyli bu ko‘zlar!
EMOTSIONAL SOʻROQ GAP Mavjud bir fakt haqida so‘roq bilan birga emotsional munosabat ifodalovchi gaplar: Nima qiladi gapni cho‘zib? – ensasi qotib o‘yladi Sherzod.
EMOTSIONAL LEKSIKA So‘zlovchining his-emotsiyalarini ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar; emotsional bo‘yoqdor so‘zlar. Masalan, jilmaymoq, chehra, tabassum, o‘ktam, do‘ndirmoq so‘zlari ijobiy bo‘yoqdor; bashara, naynov, barzangi, mishiqi so‘zlari salbiy bo‘yoqdor so‘zlar.
EKSPERIMENTAL FONETIKA Nutq tovushlarini maxsus asboblar yordamida o‘rganadigan fonetika.
EKSPRESSIV LEKSIKA Ekspressiya ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar majmui: xumpar, tentak kabilar.
EKSPRESSIV SHAKL So‘zning ekspressiya ifodalovchi shakli: qizaloq, bolakay kabi.
EKSPRESSIVLIK Til ekspressiv vazifasining turli shakllar bilan namoyon bo‘lishi, namoyon bo‘lgan holati.
EKVIVALENT – q. Muqobil birlik.
EKVIPOLENT OPPPOZITSIYA Qarama-qarshi qo‘yiluvchilardan birida bor bo‘lgan qo‘shimcha farqlovchi belgi asosidagi oppozitsiya. Masalan, undoshlarning til oldi, til o‘rta, til orqa undoshlariga ajratilishi kabi. ;
EKZOTIK LEKSIKA (yun. exotikoz – yot, kelgindi). O‘zga tillardan o‘zlashgan, nutqqa alohida bir o‘ziga xoslik berish uchun qo‘llanadigan so‘z va iboralar. Jumladan, spiker, kriket, shilling Angliya, sakura, geysha, ikebana, sake – yapon madaniyatining belgilarini asoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |