B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet15/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

BOGʻLOVCHILI BOGʻLANISH Uyushiq boʻlaklar, qoʻshma gap tarkibiy qismlarining bogʻlovchilar yordamida bogʻlanishi: Daftar va qalam oldi. Tong yo­rish­di va qushlar sayray boshladi.
BOGʻLOVCHISIZ BOGʻLANISH Uyushiq boʻlaklar, qoʻshma gap qism­larining bogʻlovchisiz, faqat ohang yordamida bogʻlanishi: Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar qiy­g‘os gullab yotibdi. (H. G‘ulom) Bora-bora cho‘l sahroga aylandi, odamlar va otlar­ning suvga ehtiyoji osha bordi. (M. Osim)
BOGʻLOVCHISIZ QO‘SHMA GAP Tarkibidagi sodda gaplar oʻzaro bogʻ­lovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi soʻz yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan qoʻshma gap. Bunday qoʻshma gaplarda ohang muhim rol oʻynaydi. Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar bogʻlangan va ergashgan qoʻshma gaplar­ning bogʻlovchisiz qoʻllangan varianti emas, balki qoʻshma gapning alohida turi: Kun botgan, butun atrof qorong‘ilashgan edi. (S. Ayniy) Qo‘shning tinch – sen tinch. (Maqol)
BOʻLISHLI SHAKL Tasdiq bildiruvchi shakl. Zid. Boʻlishsiz shakl: koʻrdi (boʻlishli shakl) – ko‘rmadi (boʻlishsiz shakl).
BOʻLISHLI-BOʻLISHSIZLIK KATEGORIYASI Harakatning tasdiq yoki inkori ma’nosini ifodalovchi shakllar tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro zidlanish hosil qiluvchi ikki aspekti bor: boʻlishlilik va boʻlishsizlik. Boʻlishsizlik shakli -ma qo‘shimchasi yordamida yasaladi. Boʻlishlilikning esa maxsus koʻrsatkichi yoʻq: oʻrgandi (boʻlishli shakl) – oʻrganmadi (boʻlishsiz shakl).
BOʻLISHSIZ FE’Lq. Boʻlishsiz shakl.
BOʻLISHSIZ SHAKL Inkor ifodalovchi shakl. Zid. Boʻlishli shakl: kelmadi (boʻlishsiz shakl) – keldi (boʻlishli shakl).

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling