BELGILI QARATQICH KELISHIGI Qaratqich kelishigining shu kelishik koʻrsatkichi (-ning)ni olgan shakli: Akamning doʻstlari. Qishloqning yosh-u keksasi.
BELGILI TUSHUM KELISHIGI Tushum kelishigining shu kelishik qoʻshimchasi (-ni)ni olgan shakli: Mehmonlarni kuzatdik.
BELGILI Qo‘shimcha qatnashgan: Belgili qaratqich kelishigi (q.). Belgili tushum kelishigi (q.). Qiyos. Belgisiz.
BELGISIZ QARATQICH KELISHIGI Qaratqich kelishigining shu kelishik qoʻshimchasi (-ning)ni olmagan shakli. Doʻstlar suhbati. Uzum sharbati. Choʻl qushlari beozorgina chugʻurlashadi (Said Ahmad)
BELGISIZ TUSHUM KELISHIGI Tushum kelishigining shu kelishik qoʻshimchasi (-ni)ni olmagan shakli: Bunda qurtlar ipak toʻqiydi. (H. Olimjon) Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi.
BELGISIZ Qo‘shimcha qatnashmagan, yashiringan: Belgisiz qaratqich kelishigi (q.). Belgisiz tushum kelishigi (q.).
BETARAF LEKSIKA Uslublarning biror turiga berkitilmagan, uslubiy sinonimlarga ega boʻlib, oʻzi uslubiy jihatdan betaraf boʻlgan leksika. Masalan, sovgʻa, armugʻon, tuhfa sinonimlaridan sovgʻa – betaraf, uning tuhfa, armugʻon sinonimlari esa kitobiy uslubga xos; oʻpich betaraf soʻzining boʻsa sinonimi poetik uslubga xos va b.
BILABIAL UNDOSHLAR (lot. bi < bis – ikki marta + labialis – lab, lablangan) – ayn. Lab-lab undoshlari.
BILINGVIZM (lot. bi < bis – ikki marta + lingua – til) – ayn. Ikki tillilik.
Do'stlaringiz bilan baham: |