B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet9/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

ATASH FUNKSIYASIq. Nomlash vazifasi.
ATOQLI OT Bir turdagi kishi, narsadan birini bildiruvchi, ayrim shaxs yoki narsaning nomi boʻlib xizmat qiluvchi ot: Sodiq, Samarqand, Orol va b.
ATOV GAP Bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanib, predmet yoki voqea-hodisalarning hozirgi, o‘tgan zamonda yoki zamondan tashqarida mavjudligini tasdiqlovchi bir bosh bo‘lakli gap. Atov gaplar asosan, aniqlik mayli­ning hozirgi-kelasi, ba’zan esa o‘tgan zamon shakllaridagina keladi: 1. Amu-Buxoro kanali. 2. Sеntabrning boshlari edi. 3.Hamon yodimdadir: gul chog‘i erdi.
Atov gap yig‘iq yoki yoyiq bo‘lishi mumkin: Bahor (yig‘iq) Erta bahor (yoyiq).
ATRIBUTIV KONSTRUKTSIYA q. Aniqlovchili tuzilma.
ATRIBUTIV ALOQA q. Aniqlovchili aloqa.
ATRIBUTIV BIRIKMAq. Aniqlovchili birikma.
ATRIBUTIV MUNOSABATq. Aniqlovchili munosabat. Q. aniqlovchi, aniqlanmish.
ATRIBUTIV SHAKL Soʻzning gapda asosan aniqlovchi va hol vazifasida keli­shiga xos shakl. Masalan, oʻzbek tilidagi fe’lning sifatdosh shakli (kelayotgan, kela­digan kabi), otning oʻxshatish va oʻrin belgisi (toshdek, bogʻdagi kabi) shakllari atributiv shakllardir.
AVTOMATIK TARJIMA Avvaldan tuzilgan algoritm boʻyicha kompyuter yordamida biror tilga oid matnni boshqa tilga tarjima qilish.
AVTOSEMANTIK SOʻZLAR (yun. autos – oʻzi; semantikos – ifodalovchi) – ayn. Mustaqil soʻzlar.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling