B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet6/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

ANIQLOVCHILI BIRIKMA Aniqlovchi va aniqlanmishdan tuzilgan soʻz birikmasi: qizil gul, daraxt bargi.
ANIQLOVCHILI MUNOSABAT Aniqlovchi va aniqlanmish oʻrtasidagi munosabat.
ANTITEZA (yun. antithesis – qarama-qarshi qoʻyish) Qiyoslanuvchi fikr, tushuncha kabilarni qarama-qarshi qoʻyishdan iborat uslubiy qoʻllanish: Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Doʻst boʻlish oson, uni saqlash qiyin.
ANTONIMIYA. Til birliklarining ma’no jihatdan oʻzaro zid, qarama-qarshi boʻ­­­­­lish hodisasi: Leksik antonimiya. Affiksal antonimiya. Sintaktik antonimiya.
ANTONIMLAR (yun. anti – qarshi, zid; onyma – nom) Oʻzaro zid, qarama-qarshi ma’noli til birliklari: katta – kichik, yo‘g‘on – ingichka, semiz – oriq (leksik antonimlar); suvli – suvsiz (antonim qo‘shimchalar); ko‘kka ko‘tarmoq – yerga urmoq (frazeologik antonimlar).
ANTROPONIM (yun. anthropos – odam; onyma – nom). Kishining atoqli oti, ism: Abdulla, Oybek, Oygul, Nasiba.
ANTROPONIMIKA Leksikologiyaning (onomastikaning) kishi nomlarini oʻr­ga­nuvchi boʻlimi
APOKOPA (yun. apokope – qisqartirish) Soʻz oxiridagi tovush yoki tovush­larning tushib qolishi, buning natijasida soʻzning qisqarishi. Masalan, kel>ke, toʻrt>toʻr kabi. Qiyos. Sinkopa.
ARGO (fran. argotisme < argot – jargon) Yasama til. Biror ijtimoiy guruh, toifaning (masalan, talabalar, sportchilar, oʻgʻrilar va b.) oʻziga xos, boshqalar tushun­maydigan lugʻaviy birliklardan iborat yasama tili. Masalan, shuxer – xavf-xatar (o‘g‘rilar tilida).
ARGOTIZMLAR (fran. argotisme< argot – jargon) Biror argoga xos soʻz va iboralar. Argotizmlar adabiy tilda biror uslubiy maqsad bilan qoʻllanishi mumkin.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling