B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet4/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

ALVEOLYAR UNDOSHLAR (lot. alveolus – chuqurcha, tarnovcha) Tilning uchini ustki tish alveoliga tegizib talaffuz qilinadigan til oldi undoshlar. Masalan, t, d undoshlari.
ALFAVIT (yunon alifbosidagi birinchi ikki harfning nomi (alfa va beta) dan) – q. Alifbo.
ALIFBO Yozuv shakllarining (harf va belgilarining) majmui, ma’lum tartibda joylashgan holati: oʻzbek alifbosi.
ALLOFONA Bir fonemaga birlashuvchi har bir fona. Q. Fona.
AMALIY TILSHUNOSLIK Tilshunoslikning lingvistik masalalarni (masalan, mashina tarjimasi) hal etishni hisobga olgan holda amaliy yoʻl bilan oʻrganuvchi sohalari (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika kabi).
AMALIY USLUBIYAT Nutq uslubiyatining amaliy boʻlimi. Amaliy uslubiyat­ning vazifasi til vositalarining ta’sirchanlik va boshqa jihatdan imkoniyatlarini bel­gilay (baholay) olish, ulardan maqsadga muvofiq holda, mohirona foydalanishga oʻrgatishdir.
AMORF TILLAR (yun. amorphoz – shaklsiz, shaklga ega boʻlmagan) Qo‘shim­chalarga ega boʻlmagan, soʻzlar orasidagi grammatik aloqalar bitishuv yoʻli bilan yoki yordamchi soʻzlar vositasida ifodalanadigan tillar. Masalan, xitoy tili.
AN’ANAVIY TILSHUNOSLIK Tilshunoslikdagi faqat til qismlari va tuzi­lishining ichki munosabatlari, bog‘liqliklarini yoritish bilan birga til va tafakkurning oʻzaro munosabati, tilning jamiyat bilan, shu tilda soʻzlashuvchi jamoa bilan aloqasi kabi masalalarni oʻrganishni ham oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan yoʻnalishlar. Bu yoʻnalishlarga strukturalizm oʻzini qarama-qarshi qoʻyadi. Q. Strukturalizm.
ANAFORIK SOʻZ Oldingi soʻz bildirgan shaxs yoki narsaga, oldin aytil­ganga ishora qiluvchi soʻz. Masalan, bu, shu, oʻsha olmoshlari: A’zam bilan Toshkentda koʻrishgan edim, oʻsha gapirib berdi. (A. Qahhor) Cholning bu ishidan jahlim chiqadi. (Oybek)
ANALITIK SHAKL Yordamchi soʻzlar vositasida hosil boʻluvchi shakl. Masa­lan, uyga qadar, ukam uchun (otning analitik shakllari); yiqitib yubor, aytib koʻr (fe’lning analitik shakllari) va b.
ANALITIK TILLAR (yun. analytikos – yoyiq, yoyilgan) Grammatik ma’nolar (gapda soʻzlarning oʻzaro munosabati) soʻz shakllari (shakl yasovchi qoʻshimchalar) vositasida emas, balki yordamchi soʻzlar, soʻz tartibi, ohang yordamida ifoda­lanadigan tillar. Masalan, ingliz, fransuz, ispan tillari analitik tillar guruhiga kiradi. Qiyos. Sintetik tillar.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling