B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet14/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

BOGʻLI (KO‘CHMAS) URGʻU Soʻzda boʻgʻinlar soni oʻzgarishiga (ortishiga) qaramay, oʻrni oʻzgarmaydigan urgʻu. Qiyos. Ko‘chma urgʻu.
BOGʻLI MA’NO Voqelanishi ma’lum tor matn, soʻz qurshovi bilan cheklangan ma’no. Masalan, yugurmoq va oʻchmoq soʻzlarining quyidagi gaplarda ifodalay­digan ma’nosi bogʻli ma’no hisoblanadi: Rais Umrzoq otaga oʻxshash obroʻli, tajribakor paxtakorlarni qoʻlga olish niyatida ozmuncha yugurmadi. Gʻafur tobora asabiylashar edi... lablari pirpirar, ranglari oʻchib, qoʻllari titrardi. Qiyos. Erkin ma’no.
BOGʻLOVCHI SOʻZ Ergash gapni bosh gapga bogʻlash uchun xizmat qiladigan, ayni vaqtda gap boʻlagi vazifasida keladigan soʻz; nisbiy soʻz. Bogʻ­lovchi soʻz vazifasida asosan kim... u, oʻsha, shu; nima... shu, oʻsha; o‘shanday... shunday; qancha... shuncha kabi olmoshlar keladi: Bu kunlarda Siddiqjon naqadar xursand boʻlsa, Kanizak shu qadar xafa edi (A. Qah­hor). Qaysi kishi ertalab shunday mashq qilsa, u dardga chalinmaydi (P. Tur­sun).
BOGʻLOVCHI Qoʻshma gap tarkibidagi gaplarni, shuningdek, uyushiq boʻlak­lar qismlarini bir-biriga bogʻlash va shu yoʻl bilan ular orasidagi turli munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiluvchi yordamchi soʻz: va, hamda, bilan, ammo, chunki va b. Bogʻlovchilar ma’no va vazifasiga koʻra ikki asosiy turga boʻlinadi: 1) teng bogʻlovchi (q.), 2) ergashtiruvchi bogʻlovchi (q.).

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling