B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet5/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

ANIQ KELASI ZAMOI FE’LI Harakatning nutq momentidan keyin boʻlishini aniq tarzda ifodalovchi fe’l: keladi, so‘raydi kabi: Yaqin orada dekanatdan ruxsat olib, qishloqqa boraman. (O‘. Hoshimov)
ANIQ OT Bevosita narsani, aniq narsani bildiruvchi ot. Masalan, qalam, gul, tosh, qoʻy va b. Qiyos. Mavhum ot.
ANIQLANMISH Birikmaning aniqlovchi tobe boʻlgan (hokim) komponenti: tiniq suv, maktab bog‘i.
ANIQLOV BOGʻLOVCHILARI Izohlash, aniqlash kabi mazmun bilan ergash gapni bosh gapga bogʻlash uchun xizmat qiladigan bogʻlovchilar: -ki (-kim): Biror soha yo‘qki, unga o‘qituvchining bevo­sita yoki bilvosita qo‘shgan hissasi bo‘lmasin. (R. Usmonov)
ANIQLOV YUKLAMASI O‘zi aloqador boʻlgan gap boʻlagi ma’nosini aniq­lash, konkretlashtirish uchun xizmat qiladigan yuklama: rosa, xuddi, naq, qoq kabi: Rus­tam esa naq piyoladek oq achchiq olmani kars-kars tishlar edi. (A. Esho­nov)
ANIQLOVCHI ERGASH GAP Bosh gapdagi aniqlovchini izohlab keluvchi ergash gap: Biz shunday zamondamizki, ilm-texnika yoʻli hammaga ochiq (A. Qah­hor) Lolaxonga siz qanday muomala qilsangiz, Toʻlqin ham shunday muomala qiladi (S. Zunnunova)
ANIQLOVCHI Narsa-buyumni ifodalaydigan soʻzga tobelanib, uning bel­gisini anglatadigan ikkinchi darajali boʻlak; atributiv birikmaning tobe kom­ponenti: tiniq suv, maktab bog‘i.
ANIQLOVCHILI ALOQA Belgi bildiruvchi soʻz bilan predmet, jarayon kabi­larni bildiruvchi soʻz oʻrtasidagi sintaktik aloqa: Keng dala. Baland imorat. Jiddiy bellashuv.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling