FONOLOGIK TIZIM Tildagi barcha fonemalarning oʻzaro aloqa va bog‘lanishiga asoslanuvchi tizim.
FON – q. Fona.
FONA Fonemaning soʻz shakl tarkibida qatnashayotgan koʻrinishi. Turli soʻzshakllarda ishtirok etayotgan bunday fonalar allofonani tashkil etadi. Masalan, keladi soʻzshakli tarkibida oltita fona ishtirok etib, bulardan har biri boshqa-boshqa fonemaning shu soʻz tarkibida qatnashuvchi vakilidir.
FONEMA (yun. phonema – tovush) Til moddiy tomonining eng kichik birligi, farqlovchi fonologik belgilarning barqaror yigʻindisi.
FONEMA QATORI Aynan bir morfemada fonemaning kuchli va unga ekvivalent boʻlgan kuchsiz variantlaridan iborat qatori. Masalan, rus. voda (suv) soʻzidagi o fonemasining воды – вода – водяная soʻzlaridagi kuchli va kuchsiz variantlari bir fonema qatorini tashkil etadi.
FONEMANING FARQLOVCHI BELGILARI Bir fonemaning boshqa fonemaga qarama-qarshi qoʻyiluvchi farqli belgisi. Masalan, fonemaning jarangli-jarangsizlik, lablangan-lablanmaganlik kabi belgilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |