B. S. Mavlonov-Jizzax davlat pedagogika universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi
Download 31.2 Kb.
|
B.S.Mavlonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
- Key words
- Jismoniy tarbiya
BO’LAJAK JISMONIY TARBIYA MUTAXASSISLARINI TAYYORLASH JARAYONIDA BOSHLANG’ICH SINFLAR JISMONIY TARBIYA FAN DASTURINING MAZMUNINI HISOBGA OLISH B.S.Mavlonov-Jizzax davlat pedagogika universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi Ushbu maqolada jismoniy madaniyat mutaxassislari tayyorlash jarayonida o’rta umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya fani dasturi mazmunini hisobga olish va uni yanada takomillashtirish masalalari yoritilgan Kalit so’zlar: jismoniy madaniyat, mutaxassislari tayyorlash, o’rta umumta’lim maktablari, jismoniy tarbiya fani dasturi, hisobga olish, takomillashtirish. В статье рассматриваются вопросы учета содержания учебной программы по физическому воспитанию общеобразовательных школ и его дальнейшего совершенствования при подготовке специалистов по физической культуре. Ключевые слова: физическая культура, обучение, общеобразовательные школы, программа физического воспитания, бухгалтерский учет, усовершенствование. The article discusses the issues of taking into account the content of the curriculum on physical education in general education schools and its further improvement in the preparation of specialists in physical culture. Key words: physical education, training, general education schools, physical education program, accounting, improvement. Dolzarbligi. Jismoniy madaniyat bo'yicha mutaxassislar tayyorlash jarayoni har kuni yangi talablarni qo'ymoqda. Hozirgi vaqtda fan, ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash jarayoni muntazam muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda. Lekin ko'p hollarda ular o'rtasida uzilish mavjud, ya'ni sohadagi tez o'zgarishlar mutaxassislar tayyorlashda zaruriy darajada hisobga olinmaydi. Bu holat nazariya va amaliyotda ham keng tarqalgan. Amaliyot har doim oldinda bo'lsa-da, nazariy ma'lumotlar ba'zan kechiktiriladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, jismoniy tarbiya tarixi, harakatli o‘yinlar va ularni o‘qitish metodikasi kabi fanlarning mazmunini o‘rganishda maktab jismoniy tarbiya o‘quv dasturi talablari o‘rtasida birmuncha nomuvofiqliklar mavjudligi aniqlandi. Buni bartaraf etish uchun umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya dasturining mazmunini tahlil qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Dastur tushuntirish xatida asosiy tushunchalar berilgan. Ularga ko’ra: Jismoniy tarbiya – Insonni jismoniy kamolotga erishishiga yo‘naltirilgan pedagogi jarayon bo‘lib, o‘quvchilarni jismoniy faoliyatini, salomatligini, aqliy, axloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning maqsadi – o‘quvchilarni jismonan baquvvat, epchil, sog‘lom qilib tarbiyalash, inson salomatligi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanidan egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishdan iborat. Download 31.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling