B. S. Mavlonov-Jizzax davlat pedagogika universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi


Badiiy gimnastika va raqs elementlari


Download 31.2 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi31.2 Kb.
#1525071
1   2   3   4   5
Bog'liq
B.S.Mavlonov

Badiiy gimnastika va raqs elementlari. Badiiy gimnastika mashqlari uyg‘unligida raqs harakat elementlarini o‘rgatish. Musiqa jo‘rligida xalq raqslari elementlarga mos bo‘lgan qo‘l va oyoq harakatlarini bajarish. Masalan: “Chittigul”, “Chertmak”, “O‘rdaklar raqsi”, “Vals qadamlari”. “Andijon polkasi”.
II BOB YENGIL ATLETIKA (10 soat)
Yurish. Yurishga oid bo‘lgan mashqlar; sekin yurish.
Yugurish. Turli masofalarga yugurish bilan tanishtirish va yugurish mashqlari haqida umumiy tushuncha berish.
Maxsus yugurish mashqlari. Maxsus yugurish mashqlarini tushuntirish va amaliyotda ko‘rsatib berish.
Masofa bo‘ylab yugurish. 15-20m ga masofa bo‘ylab tezlikda yugurish mashqlari; yugurish yo‘lakchasi bo‘ylab yakka, juftlik tartibida qisqa masofaga yugurish va yurish mashqlari.
3x10 mokisimon yugurish. 3x10 mga mokisimon yugurishni o‘rgatish, mokisimon yugurishga oid bo‘lgan mashqlarni bajarish.
Yuqori start. Yuqori startni bajarishni ko‘rsatish, tushintirib berish, bir maromda masofa bo‘ylab yugurish.
Qisqa masofaga yugurish. 30 m masofani tezlikda yugurish.
Turgan joydan uzunlikka sakrash. Ko‘p sakrashlar turli taraflarga (oldinga, ortga, chapga, o‘ngga) sakrash mashqlari; (fazalariga qat’iy e’tibor qaratish).
Buyumlar vositasida sakrashlar. Chizilgan chiziq, arqon va to‘ldirma to‘p ustidan sakrashlar.Tepaga osilgan buyumga sakrab qo‘llarni tekkazish mashqlari (turgan va turli harakatlarda).
Uloqtirish. Tennis koptogini to‘g‘ri ushlash; tennis va boshqa har xil koptoklarni nishonga aniq uloqtirish mashqlari; turgan joydan chap va o‘ng qo‘llarda tennis koptogini uloqtirish mashqlari; nishonga aniq uloqtirish; 3-4 qadam tashlab tennis koptogini uloqtirish.
III BOB HARAKATLI O‘YINLAR (39 soat)
Harakatli o‘yinlar. Ularni o‘ynashda uning qoidalari bilan tanishtirisho‘yin turlari va qoidalari bilan tanishtirish; o‘yin vaqtida yakka va jamoa tartibida harakatlanish qoidalari, jamoadoshlariga yordam berish (dars davomida).
Harakatli o‘yinlarni o‘ynash – “Charxpalak”, “Hamma tezda o‘z joyiga”, “Danak”, “Oyog‘ingni ho‘l qilma”, “Bir qatorga saflaning!”, “Kim ko‘p yong‘oq yig‘ish”, “To‘pli estafeta”, “Sakragichli estafeta”, “Yashiringanni topish”, “Nishonga aniq ot”, “Bekinmachoq”, “Kim uzoqqa uloqtiradi”, “Topishmoq”, “Tortishmachoq”, “Chamalash”, Qoch bolam, qor keldi”, “Qovun polizdan”, “O‘rta barmoqni top”, “Chopon”, “Qopqon”, “Qirq tosh”, “Zag‘izg‘on”, “Jambul”, “Besh tosh”, “Pat”, “Qizil bayroq”, “Kartoshka ekish”, “Qo‘ng‘iroqcha”, “Sakra bodom chumchuqlar”, “Keladi-ketadi”, “Yechki bolalari”, “Bo‘yoq sotuvchi”, “Quruvchilar”, “Kosmonavtlar”, “Soqqa”, “Olib qochar”, “To‘pni aylana ichiga tushirma”, “Qo‘riqchi”, “Hurmacha bog‘i”, “Oq terakmi”, “Quloq cho‘zma”, “To‘p o‘rtaga”, “Arg‘amchi bilan estafeta”, “Sakrab o‘t va qochib ket”, “Birgalashib sakraymiz”, “Kuchlilar va chaqqonlar”, “To‘siqlardan oshib o‘tish”, “Kim uzoqqa otadi”, “Savatga to‘p tushirish”, “Uzatdingmi, o‘tir”, “Doiraga tort”, “Qovun polizida”, “Xo‘rozlar jangi”, “Juft-juft bo‘lib tortishish”, “Sehrli kataklar”, “Qarmoqcha”, “Qirqtosh”, “Cho‘pon”, “Chavandozlar”, “Mashqni bajar, eslab qol” harakatli o‘yinlarining o‘yin tasnifi, qoidalarini o‘quvchilarga o‘rgatish.

Download 31.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling