B. S. Mavlonov-Jizzax davlat pedagogika universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning vazifalari


Download 31.2 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi31.2 Kb.
#1525071
1   2   3   4   5
Bog'liq
B.S.Mavlonov

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning vazifalari:
sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni kundalik hayotida qo‘llay olish;
jismoniy mashqlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
sport asbob-anjomlaridan foydalanishning xavfsiz usullarini o‘rgatish;
sog‘lom turmush tarziga amal qilish va uni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etish;
jismoniy tarbiya va sport faoliyatining kerakligicha ta’minlash;
jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
organizmni chiniqtirish;
jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat.
Jismoniy tarbiya fani tarkibiga “Salomatlik asoslari”, “Sog‘lom avlod asoslari” hamda “Hayot xavfsizligi asoslari” o‘quv kurslarini sindirib o`qitilishi lozim.
Shunindek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qaroriga muvofiq malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan, o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 8–9-sinflarda jismoniy tarbiya fani sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishi ko’rsatib o’tilgan.
Dastur bo’yicha 1- sinf o’quv materiallarini mazmunini ko’rib chiqamiz.
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
umumrivojlantiruvchi mashqlarini ketma-ketlikda bajaradi;
buyumlarsiz gimnastik mashqlarni bajaradi;
gimnastika narvonda mashqlar bajara oladi.
gimnastika turiga oid asbob-anjomlari (arqon, gardish, gimnastik tayoqlar) nomlarini biladi;
yengil atletikaning yurish, yugurish, sakrash mashqlarini bajaradi;
harakatli o‘yin nomlarini bir-biridan ajratadi;
harakatli o‘yinlarni belgilangan qoidalar asosida to`og`ri o`ynaydi.
shashka doskasi va donalardan foydalana oladi.
NAZARIY BILIM ASOSLARI
Mashg‘ulotlar o‘tish joyi (sport zali va maydonchalar) hamda unda foydalaniladigan sport anjomlarining nomlari va ularni qo‘llash haqida tushuncha. Shaxsiy gigiena va kun tartibiga rioya qilish. Inson salomatligida jismoniy mashqlarning ahamiyati. Suv yordamida chiniqishlar. Sport turlari bo‘yicha bajarilayotgan o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida bajariladigan jismoniy mashqlarga qo‘yiladigan talablar va xavfsizlik qoidalari. Sport kiyimlariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. Inson salomatligi uchun ochiq havoda bajariladigan mashqlarning ahamiyati. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi (quyosh, suv, havo) omillarining inson organizmiga ta’siri. Kishi uchun qaddi-qomatning ahamiyati, harakat va ko‘nikmalarni rivojlantirish. Sport zalida turish va yurish qoidalari. Gigienik gimnastikaning ahamiyati. Saf mashqlari, saflanish va buyruqlarini bilish. O‘quvchilarni yengil atletika sport maydonchasida o‘zini tutish qoidalari hamda yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish turlari haqida tushuncha. Harakatli o‘yin turlari va ularning qoidalarini o‘rgatish. Harakatli o‘yinlar jarayonida o‘qituvchining ko‘rsatmalariga va sardorning qoidalariga rioya qilish, o‘yin boshlanishi va o‘yin jarayonida o‘z joylarini aniq egallashni bilish.

Download 31.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling