Yengil atletikaning kelib chiqish tarixi. Yengil atletikada yurish va yugurish texnikasi Yengil atletikaning kelib chiqish tarixi


Download 21.41 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi21.41 Kb.
#1132951
  1   2
Bog'liq
YURISH VA YUGURISHLAR 27.01.2023


YURISH VA YUGURISHLAR
Reja;

  1. Yengil atletikaning kelib chiqish tarixi.

  2. Yengil atletikada yurish va yugurish texnikasi

Yengil atletikaning kelib chiqish tarixi.
“Atletika”-yunoncha so’z bo’lib, u bellashuv, kurash, mashq ma’nolarini anglatadi. QadimYunonistonda kuch va chaqqonlik bo’yicha bellashganlarni atletlar deb nomlaganlar. Sportchilar mashqlarni yengil va o’z xohishga ko’ra bajarganlar. “Yengil atletika” atamasi ham shu bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan bo’lishi mumkin.
Qadim davrlarda katta-katta tadbir va tantanalarda yugurish, sakrash, uloqtirish bo’yicha musobaqalar uyushtirilgan. Shunga ko’ra, aynan sportning mazkur turlari ham qadimgi olimpiada o’yinlariga kiritilgandi. Zamonaviy yengil atletika ham yuqoridagi sport turlari: Yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va shu singari turlarni qamrab olgan ko’pkurashdan iboratdir, qamrab olingan sport turlari hammabop bo’lgani uchun yer sharidagi millionlab odamlar yengil atletika bilan shug’ullanmoqdalar. Mashqlarning turli –tumanligi va ularning nafi katta ekanligi, jihozlarning murakkab emasligi yengil atletikani har bir shaxs shug’ullanishi mumkin bo’lgan ommaviy sport turi bo’lib qolishiga olib keldi. Shuning uchun ham yengil atletikani “Sport qiroli” deb ataydilar.
Yengil atletika o’ziga xos yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish–tezlik kuchini,chidamlikni tarbiyalaydi, kishi a’zolarining harakatchanligini kuchaytiradi, irodani tarbiyalaydi, tana a’zolarining ish qobiliyatini oshiradi.Yengil atletika mashqlarinning sog’lomlashtiruvchi ta’siri ana shunda. Bu sport turi yaxshi odatlarni, o’z salomatligiga doimiy ravishda e’tibor berib yurish kabi sifatlarni shakllantiradi. Yengil atletika mashqlarining bolalar sog’lig’i va jismoniy o’sishiga ijobiy ta’siri bu sport turini kollejlar uchun o’quv dasturiga kiritilishiga sabab bo’ldi.
Respublikamiz tabiiy sharoiti yengil atletika bilan yil bo’yi ochiq havoda, maydonlarda, bog’lar va stadionlarda shug’ullanish imkonini beradi. Bu sport turi bilan issiq paytlarda yengil kiyim kiyib shug’ullaniladi. Sovuq paytlarda sport kiyiminning qalinrog’i kiyiladi. Oyoqqa ket, krassovka, shippaklar kiyiladi. Stadionda yengil atletika bo’yicha yugurish yoki sakrash musobaqalari o’tkazilganda ,unda qatnashuvchilar tishli shippaklar kiyib olishlari mumkin. U yaqin masofaga yugurishda ko’rsatkichlarni oshirishga (2-3 s ga), uzunlikka sakrashda esa (20-30 sm) uzoqroqqa sakrashga yordam beradi.
Yengil atlatika bilan shug’ullanish chog’ida qator qoidalarga rioya qilish zarur. Qoidaga ko’ra, avval 3-5 daqiqa asta yugiriladi. 6-8 marta umumiy mashqlar bajariladi. Bu harakatni aniq bajarish ko’nikmasini hosil qilishga yordam beradi.
Endigi navbatda mashg’ulot o’tkazishga tayyorgarlik ko’riladi. Buning uchun mashg’ulot o’tkaziladigan joy yaxshilab tayyorlanadi, yugurish yo’lagi ortiqcha narsalardan tozalanadi, uloqtirish uchun xavfsiz joy tanlanadi. Uloqtirish bilan mustaqil shug’ullanish chog’ida to’p oyna, daraxt, odamlarga tegib ketmaydigan yo’nalish tanlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Uzunlikka yoki balandlikda sakrash joyi quruq va tekis bo’lishiga ahamiyat beriladi. Bunda yerga tushish joyida o’tkir, uchli narsalar bo’lmasligi lozim. Balandlikka sakrashni kuzatayotgan kuzatuvchi yugurish tomonida turadi, aks holda sakrash tayoqchasi uchib ketib, unga tegib ketishi mumkin.
Yugurish mashqini bajarganda so’ng darhol to’xtab yoki o’tirib olish mumkin emas. Masalan, 100-200 m uzoq masofaga yugurganda yaxshisi 10-15 metr qadamlab yurish kerak. Boshqalar yugurayotganda yugurish yo’lakchasida turish yoki uni kesib o’tish ta’qiqlanadi. Musobaqada qatnashayotganlar yonida ham yugurish mumkin emas. Yugurib keliboq sovuq suv ichish mumkin emas, chunki u tanani to’satdan sovutib, yuqori nafas yo’llarini shamollatadi (bundan bronxit, angina va hokozalar kelib chiqadi).
Yengil atletika yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko’pkurash mashqlaridan iborat yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi odamlar yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish mashqlaridan zarur harakat sifatida qadim zamonlardan beri mehnatda va kundalik hayotda qo`llanib kelgan. Ibtidoiy jamoa tizimida yengil atletika mashqlari odamlarning mexnat faoliyati bilan chambarchas bog`liq edi.
Yugurish, sakrash va uloqtirish qadimiy Gretsiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori ular quldorlarning harbiy-jismoniy tayyorarligida katta o`rin egalladi va qabilalar hamda umumgrek diniy bayramlarning muhim qismini tashkil etadigan bo`ldi. Bunday tantanalarning eng ahamiyatlisi Olimpiya o`yinlari hisoblanadi.
Feodal jamiyatida ayniqsa ilk o`rta asrlar davrida jismoniy mashqlar xalq ommasiga rasm bo’lgan edi burjua jamiyatida yugurish, sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya gimnastika sestemasiga kiritdilar.
Burjuaziya kapitalistik korxonalar uchun jismoniy baquvvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun soldatlarga muxtoj edi. Burjuaziya an`anaviy xalq o`yin qoidalaridan olingan atletik mashqlarga e`tibor bera boshladi. Bular orasida takomillashish jarayonida sportcha yurish, sakrash va uloqtirish tusini olib yengil atletika tarkibiga kiradigan sakrash va uloqtirish mashqlari ham bor edi. 
Hozirgi zamon yengil atletikasi Angliyada boshqa mamlakatlarga nisbatan oldinroq paydo bo`la boshladi. 1837 yili bu erda 2 km ga yaqin masofaga yugurishdan Regbi shaxri kollej o`quvchilarining dastlabki musobaqalari bo’ldi. Keyinchalik musobaqa programmasiga qisqa masofaga yugurish, to’siqlar osha yugurish va og`ir narsalarni uloqtirishni tusha boshladilar 1851 yildan boshlab musobaqalar programmasiga yugurib kelib balandlikga va uzunlikga sakrash kiritildi.

Download 21.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling